Hj,o3 variant Topshiriq savollarga javob bering


Download 34.7 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi34.7 Kb.
#1016192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 вариант

Adaptiv I. bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion I. deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.

Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi.


Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil mikroorganizmlar va boshqa "yot" omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydiktanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy kil-lerlar faolligi, organizmning fizi-ologik reaksiyalari va b. Nomaxsus chi-damlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizmning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda taʼminlab turadi.


Organizm limfoid toʻqimalarining "oʻzinikini begonadan" ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar sistemasi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qonlimfoid aʼzolarda (immun sistema) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.




3-Fagotsitoz
Fagotsitoz (yunoncha: phagos — yeyish, oziklanish va cytos — hujayra) — bir hujayrali organizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiqzarrachalarningfaol qamrab olinishi va yutilishi (Pinotsitoz bilan solishtiring). Zarrachalarni qamrab olib hazm qilish xususiyati tuban organizmlar oziklanishining asosini tashkil etadi. Bu xususiyat evolyutsiya davomida biriktiruvchi toʻqimaning muhofaza funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan hujayralar — fagotsitlarga oʻtgan. Fagotsitoz hodisasini dastlab I. I. Mechnikov aniklagan (1882). Ayrim hayvonlar ootsitlari, yoʻldosh hujayralari, tana boʻshligʻi devorini qoplab turadigan hujayralar va koʻz epiteliysi pigmenta ham faol Fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Fagotsitoz ketmaket keladigan bir necha jarayonlar: Fagotsitoz qilinayotgan obʼyektga yaqinlashuv, obʼyektning fagotsit hujayra sirtiga oʻrnashib olishi, yutilishi va hazm qilinishidan iborat. Fagotsitozda hujayra membranasi yot zarrachalarni oʻrab oladi va sitoplazma ichiga soʻrib olib, fagosomalar hosil qiladi. [[Lizosomadan fagosomaga gidrolitik fermentlar kelib quyiladi, yutilgan obʼyektni hazm qiladi. Hazm qilinmagan oziq qoldigʻi uzoq vaqt hujayra ichida qolishi mumkin. Fagotsitoz, asosan, yalligʻlanish jarayonlarida, jarohatning bitib ketishida nospetsifik immunitet sifatida muhim ahamiyatga ega. Baʼzan "Fagotsitoz" va "pinotsitoz" terminlari endotsitoz nomi bilan yagona tushunchaga birlashtiriladi



Download 34.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling