Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Graduonimiya
Graduonimiya-leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgilarning darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir turi deb qaraladi 1 va shu qatordagi bosh so’zga nisbatan belgilanadi. Masalan, “yosh” belgisiga ko’ra (bosh so’z ajratib ko’rsatilgan): buzoq-tana-g’unajin-sigir; qiz-juvon-ayol. “Belgi”dagi darajalanish asosida: chiroyli-suluv-ko’rkam-zebo; “siljish sur’ati” belgisiga ko’ra: yurmoq-chopmoq-yugurmoq-yelmoq kabi. Graduonimiya hodisasini o’z vaqtida Alisher Navoiy ham payqagan va uni turkiy (o’zbek) tilining boylik ko’rsatkichlaridan biri sifatida izohlagan edi. U o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida “yig’lamoq” ma’noli so’zlar guruhini ayni shu darajalanish aspektida talqin qiladi: yig’lamsinmoq-ingramoq-singramoq- o’kurmoq-hoy-hoy yig’lamoq kabi. 2 Demak, Alisher Navoiyni shu hodisaning ilk tadqiqotchisi desak bo’ladi. Keyingi 20-30 yil ichida o’zbek tilshunosligidagi bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. 3
Leksemalarning ma’no munosabatlarida darajalanish hodisasining o’rganilishi ko’p jihatdan ahamiyatlidir: lug’at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, sinonimlar va antonimlar lug’atini tuzishda, lug’aviy birliklarning uslubiy vosita (stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar natijasidan foydalanish mumkin.
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling