Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Partonimiya
Partonimiya-leksemalarning ma’no
guruhlarida butun-bo’lak munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun)– kuzov (bo’lak)– motor (bo’lak)– g’ildirak (bo’lak) va b.lar. Yana: uy (butun)– xona (bo’lak)– ayvon (bo’lak)– koridor (bo’lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy (ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so’zlardir. Ayni paytda kuzov (butun)- eshik (bo’lak)- yukdon (bo’lak) – oyna (bo’lak)- bamfer (bo’lak) qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) – oyna (bo’lak) – eshik (bo’lak) qatorida esa xona leksemasi bosh so’z sanaladi. Ma’lumki, leksemaning ma’nosida borliqdagi narsa-hodisalarning inson ongidagi in'’kosi ifodalanadi, demak, ma’nolar tizimidagi bo’lak-butun munosabati negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo’lak munosabatlarini tilda ifodalash zaruriyati yotadi. Partonimiya hodisasini o’rganish lug’at boyligi tizimining “sir”larini ochish, so’z ma’nolarini aniq va o’g’ri izohlash nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Сафарова Р. Гипонимия в узбекском языке. АКД. –Т., 1990. 1. Ne’matov H, Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi.-T. “O’qituvchi”, 1995. 108-b. 2. Qarang. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. Yigirma tomlik. 16-tom. –T. “Fan”, 2000, 14-15-b. 3. Ne’matov H, Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.-T. “O’qituvchi”, 1995. 17. 108-110-b. Orifjonova Sh. O’zbek tilida lug’aviy graduonimiya. NDA, -T.: 1996. Orifjonova Sh. Darajalanish (graduonimiya). Respublika yosh filolog olimlarining tantanali ilmiy anjumani materiallari.- T.: 1991. Narziyeva M. Shaxsni yosh belgisiga ko’ra atovchi so’zlar gruppasining ichki klassifikatsiyasi haqida. O’zbek tilini sinxron o’rganish masalalari.-T.: 1987. Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Ma’ruza matnlari. – Buxoro. “Buxoro universiteti” nashriyoti, 2001, 75-76-b. Гиясов С. Семантическая структура и компонентный анализ качественных прилагательных узбекского языка. АКД. –Т. 1983.
Bu hodisa H. Ne’matov, R. Rasulov, E. Qilichev kabi tilshunoslarning ishlarida ma’lum darajada o’z talqinini topgan.
1.
Giponimiya nima ? 2.
Gipo-giperonimik munosabatlarni qanday tushunasiz ? 3.
Graduonimiya hodisasi haqida ma’lumot bering. 4.
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling