Хожибойга ma'ruza
Paronimiya- ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o’zaro o’xshash, ohangdosh bo’lishi. Kvaziomonimlar
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA Giponimiya Giponimiya
- gipo-giperonimik
Paronimiya- ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o’zaro o’xshash,
ohangdosh bo’lishi. Kvaziomonimlar-bir fonemasi bilan farqlanadigan ikki so’z (minimal juftlik) So’z variantlari-bir leksemaning tildagi turli ko’rinishlari. Paronomaziya- jonli so’zlashuvda paronim so’zlarni qorishtirish hodisasidan badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish.
aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo’ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, lola leksemasining ma’nosi gul leksemasining ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no tarkibiga kiradi. Bunday pag’onali (boqichma-bosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki bu fanning terminologik tizimida keng tarqalgan. Chunonchi, botanikada tur tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi sinf tushunchasi tarkibiga, sinf tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya bo’lgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday bog’lanish gipo-giperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo’lak) munosabati deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug’at boyligining yoxud undagi ayrim terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. Shu yo’l bilan tildagi leksemalarning paradigmalari (leksemalarning ma’no to’dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, “kiyim” mazmunli guruh a’zolari: telpak, ko’ylak, kastum, shim, tufli va hokazolar; “o’simlik” mazmunli guruh a’zolari: daraxt, buta, o’t, suvo’t va b.lar; “daraxt” mazmunli guruh a’zolari: tersk, tol, qayrag’och, archa, qarag’ay va b.lar kabi. Tilning lug’at boyligini tizim (sistema) sifatida o’rganishda leksemalarning gipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va jamiyatdagi narsa- predmetlarning, voqea-hodisalarning tildagi nomlari bo’lgan leksemalarning ma’nolari va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa-hodisalarning o’zlari haqidagi tushuncha-tasavvurlarni umumlashtirish imkonini beradi. 1
11 Bu haqda qarang: Новиков Л. А. Семантика русского языка-М. «Высшая школа», 1982. с. 136 Ne’matov H, Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi.-T. “O’qituvchi”, 1995. 111-123-b. Qo’chqortoyev I. So’zlarning leksik-semantik to’dalari haqida.|| ToshDU ilmiy asarlari, 359-chiqishi, -T. 1969. Расулов Р., Лексико-семантические группы глаголов состаяния и их валентность. –Т. 1991.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling