Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Sof o'zbek so'zlari- o'zbek tilining o'zida yasalgan leksemalar. Ular o'z
qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: a) semantik usul- ma'no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko'k («rang») -ko'k («osmon»), yetti («son») -yetti («ma'raka nomi»), yupqa (sifat) –yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi; b) affiksatsiya usuli. Bunda o'zak va affikslar turli til materiallari bo'lishi mumkin, ammo ularning qo'shilishi o'zbek tili tarkibida yuz beradi, o'zbek tilining so'z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so'zlar o'zbek tilining o'z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o'zb.)– boshla (o'zb), temir (umumturkiy)+ «-chilik» (o'zb.)-temirchilik (o'zb.), jang (f-t.)+ «-chi» (o'zb.)-jangchi (o'zb.), madaniyat (ar.)+ «-li» (o'zb.)- madaniyatli (o'zb.), obuna (r-b.)+ «-chi» (o'zb.)- obunachi (o'zb.), axta (mo'g'.)+ «-chi» (o'zb.)- axtachi (o'zb.), «be-» (f-t.)+ bosh (umumturkiy)-bebosh (o'zb.)+ «-lik» (o'zb.)-beboshlik (o'zb.), bil (umumturkiy)+ «-im» (o'zb.) –bilim (o'zb.)+ «-don» (f-t.)- bilimdon (o'zb.) kabi. Sof o'zbek so'zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalminal bo'lganda, yasalmaning o'zagida yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so'z boshida ikki-uch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik. Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling