Arxaizm- leksema- hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan
nomi: lab (odam organizmidagi a'zolardan birining hozirgi nomi)- dudoq (shu
a'zoning eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Yo'lchining kuchli, erkak nafasini
dudoqlarida uning bo'sasining jonli olovini bir lahza sezdi» O.); qassob («mol
so'yuvchi»- hozirgi ma'no) – sallox («mol so'yuvchi» ma'nosidagi eskirgan so'z,
arxaizm-leksema: «Tikka oldiga borib, devkor salloxlarday shoxidan ushlab
«bismillohu ollohu akbar», deb... bo'g'ziga pichoq tortib yubordim,- dedi Shum
bola». G'. G'.); elchixona («bir davlatning boshqa davlatdagi diplomatik
vakolatxonasi») – saforat («...diplomatik vakolatxona»ning eskirgan nomi,
arxaizm-leksema); qo'shin («askar», «armiya») – cherik («askar», «armiya»
tushunchalarining eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Andoq qalin cherikka ne ish
qila olg'ay edi. So'ngicha qovg'unchi bordi, o'zini daryog'a soldi, g'arq bo'ldi».
«Boburnoma»dan); parol («maxfiy shartli so'z») – o'ron («parol», «maxfiy shartli
so'z» ma'nosidagi arxaizm-leksema: « Ul yurushtama'hud o'ron alfazi «Toshkand»
bila «Sayram» edi. Toshkand desa, Sayram deyilgay, Sayram desa Toshkand».-
«Boburnoma»dan) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |