Хожибойга ma'ruza


Umumxalq  lug'aviy  birliklar-


Download 442.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/99
Sana02.01.2022
Hajmi442.15 Kb.
#196588
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Bog'liq
ozbek tili leksikologiyasi

Umumxalq  lug'aviy  birliklar-  ishlatilish  doirasi  chegaralanmagan  so'z  va 

iboralar. 



Dialektizmlar- qo'llanishi territoriyaga ko'ra chegaralangan til birliklari. 

Dialektizm-so'z- shevaga xos so'z. 

Dialektizm-ma'no- so'zning shevadagi ma'nosi. 

Fonetik dialektizmlar- dialekt yoki shevaga xos fonetik birliklar tizimi. 

Leksik-fonetik dialektizm- adabiy tilda bor bo'lgan so'zning biror shevadagi 

fonetik tarkibi. 



Grammatik dialektizmlar- biror shevaning o'zigagina xos (adabit tildagidan 

o'zgacha) grammatik shakllari. 



Kasb-hunar  leksikasi-  ijtimoiy  mehnatning,  ilm-fan  yoki  san'atning,  ishlab 

chiqarishning u yoki bu turiga mansub maxsus tushunchalarning nomlari. 



Professionalizmlar- kasb-hunar leksikasining o'zi. 

Terminlar-professional  leksikaning  ilm-fanga,  texnikaga,  adabiyot  yoki 

san'atga oid bir turi. 



Argotizmlar-yashirin ma'noli so'zlar. 

Jargonizmlar-yashirin  ma'no  bilan  birga  tinglovchini  yoki  o'zga  bir  shaxsni 

kamsitish yoxud uning xislatini bo'rttirib baholash xususiyatiga ega so'zlar. 



Vulgarizmlar- haqorat ma'nosida qo'llanadigan so'zlar. 

 

O'ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH 



JARAYONLARI 


 

Til  tizim  sifatida  uzluksiz  harakatda,  rivojlanishda  bo'lib  turadi,  bu  uning 

ijtimoiy  mohiyatidan  kelib  chiqadi:  til  va  jamiyat,  til  va  ong,  til  va  tafakkur 

o'rtasidagi  ikki  tomonlama  aloqadorlik  ularning  bir-biriga  ta'sirini  belgilaydi- 

jamiyatda bo'lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, 

iqtisodiy va ma'rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug'at boyligida yangi-yangi so'z 

va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma'lum so'z-leksemalarning eskirib, 

tarixiy  kategoriyaga  aylanishini  taqozo  qiladi.  Bu  jarayon  tilning  lug'at  boyligida 

istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi. 

 

Leksik istorizmlar 



Leksik  istorizmlar  o'tmish  voqeligi  bo'lgan  narsa-hodisalarning  nomlaridir. 

Mas.,  botmon-  «O'zbekistonning  turli  yerlarida  turli  salmoqqa  ega  bo'lgan  (ikki 

puddan  o'n  bir  pudgacha)  og'irlik  o'lchovi»;  chaqirim-  «1,6  kilometrga  teng 

uzunlik  o'lchovi»;  cho'ri  –«qul  xotin»,  «tutqunlikdagi  ayol»;  mingboshi-  «daha 

yoki  qishloq  oqsoqoli,  hokimi»;  omoch-  «ulovga  qo'shib  yer  haydaydigan  metall 

tishli primitiv yog'och asbob» va b.lar. 

Istorizmlar,  odatda,  uzoq  tarixiy  jarayonlar  davomida  yuz  beradigan 

eskirishning  mahsuli  bo'ladi,  ammo  ular,  ba'zan,  qisqa  vaqtda  paydo  bo'lishlari 

ham mumkin: yaqin o'tmishda (1991-yilgacha) o'zbek tilining faol so'zlari bo'lgan 

ayrin  leksemalarning  (


Download 442.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling