Kasb-hunar leksikasi
Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish,
ilm-fan, adabiyot, san’at ba hokazo sohalarga oid narsa-hodisa hamda tushuncha
nomlaridir: degrez-“qozon, omoch tishi va boshqa cho’yan asboblar quyuvchi
usta”, kavshar – “metall buyum, detal va sh. k.ni bir-biriga ulash uchun
ishlatiladigan metall yoki qotishma”,changchi, urug’chi, gultoj (botanikaga oid
tushuncha nomlari) kabi. Bular tilshunoslikda professioalizmlar yoki professional
leksika deb ham ataladi. Professional leksikaning ilm-fanga, texnika va adabiyotga
oid qismi terminlar deb ataladi: fonema, morfema, semema (tilshunoslik
terminlari), tangens, sinus, teorema, katet (matematika terminlari) kabi.
(“Terminlar” mavzusiga ham qarang).
Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid
og’zaki va yozma matnlarda faol qo’llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha
passiv bo’ladi. Bunday qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish
shu bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |