Хожибойга ma'ruza
Dialektlarga xos so’zlar
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
Dialektlarga xos so’zlar qo’llanishi territoriyaga ko’ra chegaralangan
leksemalardir. Bunday so’zlar leksik dialektizmlar sanaladi. Ular ikki xil bo’ladi: a) dialektizm-so’z. Bunda so’zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos bo’ladi: buzog’- Toshk. sh., go’sala- Bux. sh., o’djak- Xorazm. sh. (ad.-orf. buzoq); rayhon- Toshk. sh., nozvoy- Sam. sh. (ad.-orf. rayhon); yostiq- Toshk. sh., taka- og’iz. dial, bolish- Bux. sh. (ad.-orf. yostiq); do’ppi, to’ppi- Toshk. sh., qalpoq- Sam. sh., kallapo’sh- Bux. sh. (ad.-orf. do’ppi) kabi. b) dialektizm-ma’no. Bunda leksemalarning ifoda plani (nomemasi) emas, ma’nosi (sememasi) shevaga xos bo’ladi, nomema es adabiy tilda ham qo’llanadi. Masalan, chopqi (Toshk. sh.) - chopqi (Sam.sh.) – chopqi (ad. tilda). Demak,
bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Toshk. sh.-“shox-shabba qirqish, go’sht, piyoz qiymalash va sh. k. ishlarda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob”) - chopqi (Sam.sh.-“tig’i sopi ichiga qayirib yopib qo’yiladigan pichoqcha, qalamtarosh”) – chopqi (ad. tilda.-“shox-shabba qirqish, go’sht qiymalashda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob”). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular dialektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo’lib, adabiy tilga o’tmagan, shuning uchun u dialektizm- ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko’ramiz. Bu leksema adabiy tilda “quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish” ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda “katta chuqur to’garak idish”, “kir yuviladigan tog’ora” ma’nolari ham bor, lagan so’zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi. Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi (Bu haqda “Frazeologiya” bo’limiga qarang). Leksik va frzeologik dialektizmlar birgalikda lug’aviy dialektizmlar hisoblanadi. Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor:
shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o’zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli fonema bor: i-ы, a'-a, u'-u o'-o va e. Bunday zidlanishning har bir a’zosi ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish (“odamning tishi”) – tыsh (“tashqari”), ыs («qurum») – is («hid»), sыz («chiz») – siz («siz») 1 , ot (o't: «olov», «o'simlik») – o't («o'tishga buyruq»), or (o'r: «bedani o'r») – o'r («sochni o'r»), tur («turishga buyruq») – tu'r («xil», «jins») 2 kabi. Biroq hozirgi o’zbek adabiy tilining fonologik tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi (“yo’g’onlik” va “ingichkalik” belgilari bilan farqlanish) yo’q, demak, yuqoridagi so’zlarning har biridagi unli fonema faqat shevaning o’zigagina xos, shunga ko’ra ular fonetik
Sirg’aluvchi y va qorishiq dj undoshlari shevalarda ham, adabiy tilda ham bor. Demak, ular dialektizm emas, ammo bu tovushlarning shevada va adabiy tilda qo’llanishi farqlanadigan o’rinlar uchraydi. Xususan, so’zning boshida adabiy tildagi y o’rnida qipchoq lahjasining “dj”-lovchi shevalarida qorishiq dj ishlatiladi:
shevalarda)-jilan (“j”-lovchi shevalarda) kabi. Bu hodisa k va g, t va d undoshlarining qo’llanishida ham yuz beradi: ko’z (ad.-orf.) – go’z (Xorazm sh.),
lahjasida) kabi 1 . Bu hodisa leksik-fonetik dialektalizm deb baholanadi. b) grammatik dialektizmlar- biror shevaning o’zigagina xos (adabiy tildagidan o’zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi “-miz” (shaxs-son affiksi) o’rnida Toshkent shevasida “-vuz” affiksi ishlatiladi: boramiz (ad.-orf.) – borovuz (Toshk. sh.) kabi. Adabiy tildagi “-da” (o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi) o’rnida Samarqand shevasida “-ga” qo’llanadi: Toshkentda o’qiyapman (ad. tilda) -
shevalarda “-vot” (Toshk.), “-op” (Sam.), “-utti” (Nam.) affikslari bilan ifodalanadi: borvotti, boropti, borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi turlari grammatik dialektizmlar sanaladi.
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling