morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda
ham uchraydi. Mas., fe’lning sifatdosh shakllari qadimgi turkiy tilda “-mish” va
“mыsh” (Ta’ngrida’ bo’lmыsh turk Bilga’ qag’an.-“Tangridan bo’lgan turk Bilga
xoqon”), “-duq” va “du’k”, “tuq” va “tu’k” (barduq yerda’-“borgan yerda”,
boltuqda-“bo’lganda”) morfemalari vositasida yasalgan
1
, hozir esa bu funksiyada,
asosan, “-gan” affiksi qo’llanadi: (
bo’lgan, borgan kabi) “-duq” va “du’k”, “tuq”
va “tu’k” morfemalari esa grammatik (affiksal) arxaizmga aylangan. Ba’zi
morfemalar hozir tilda bor bo’lsa-da, ularning talaffuzi eskirgan bo’ladi: “Yana biri
Mahmud barlos edi. Navandokliq barloslardindur. Sulton Abusaid Mirzo qoshida
ham bek edi. Sulton Abusaid Mirzog’a Iroq viloyati musaxxar bo’lg’onda
Kirmonni Mahmud barlosg’a berib edi...” (“Boburnoma”dan). Bu gapda
qo’llangan “-din”, “-dur”, “-g’a”, “-g’on” morfemalari hozirgi “-dan”, “-dir”, “-
ga”, “-gan” morfemalarining eskirgan variantlaridir, bunday variantlat
tilshunoslikda fonetik-grammatik arxaizmlar deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: