Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosila ma’no
Bosh ma’no so’zning semantik tarkibidagi boshqa ma’nolarning o’sib
chiqishi uchun asos bo’lgan ma’nodir. Masalan, tulki so’zining bosh ma’nosi “Itlar turkumiga mansub bo’lgan yirtqich sutemizuvchi hayvondir”. U to’g’ri ma’no (voqelik bilan bevosita bog’laganligi uchun), nominativ ma’no (voqelikni, predmetni nomlaganligi uchun), erkin ma’no (reallashuvi ma’lum kontekst, so’z qurshovi bilan cheklanmaganligi uchun) sanaladi. Hosila ma’no bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’nodir. Masalan, tulki so’zining hosila ma’nosi “o’taketgan ayyor, makkor odam”dir. Bu ayrim kishilarning xatti-harakatini tulkining hiylakorligiga o’xshatish, nisbatlash orqali (metafora yo’li bilan) yuzaga keltirilgan:Haqiqatda esa bu tulkilar uni laqillatdilar. (A. Q.) So’zning hosila ma’nosi kontekst talabidan kelib chiqib, ko’chma ma’no (so’zning to’g’ri ma’noda ifodalangan narsa-hodisalardan boshqa narsalarga nom bo’lib ko’chganligi uchun), majoziy ma’no (mavhum tushuncha yoki g’oyalarni konkret obraz orqali ifodalashga xizmat qilganligi uchun), bog’li ma’no ( reallashuvi ma’lum kontekst, so’z qurshovi bilan cheklanganligi uchun) degan nomlar bilan ham ataladi. I z o h: Hosila ma’no ayrim hollarda bosh ma’no darajasiga ham ega bo’lib qoladi. Buni til leksemasi ma’nolari misolida ko’rsa bo’ladi. Qiyos qiling: til (1)- “maza-ta’m bilish xususiyatiga ega bo’lgan anatomik a’zo” (bosh ma’no); til (2) – “kishilar orasida fikrlashish vositasi vazifasini bajaruvchi sistema, ijtimoiy hodisa” (hosila ma’’no); til (3) – “nutqning o’ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan turi; ilmiy uslub, badiiy uslub va b. lar” (hosila
ma’no); til (4) – “harbiy asir” (hosila ma’no); til (5) – “asbob, mexanizm va sh. k.ning osilib, qimirlab turadigan qismi”: qo’ng’’iroqning tili (hosila ma’no) kabi. Keltirilgan ma’nolar o’rtasida quyidagi munosabatlar bor: til leksemasining 1- ma’nosi 2 va 5-ma’nolarga nisbatan bosh ma’nodir; til leksemasining 2-ma’nosi shu so’zning 3, 4-ma’nolariga nisbatan bosh ma’no bo’ladi, ammo 1-ma’noga nisbatan u hosila ma’nodir. Shunga ko’ra bu ma’nolar tizimida 1-ma’no to’ng’ich Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling