Хожибойга ma'ruza


Download 442.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana02.01.2022
Hajmi442.15 Kb.
#196588
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
ozbek tili leksikologiyasi

kartoshka  leksemasi  tarixida  xuddi  shunday  bo'lgan:  tartufolo  (italyancha: 

tartyfolo-  «yer  qo'ziqorini»)  so'zi  nemis  tiliga  o'tgach,  kartofiel  shakliga  kirgan, 

so'ng rus tiliga kartоfеl shaklida o’zlshgan, ammo rus dehqonlari uni soddalashtirib 



kartoshka deb qo’llay boshlagan, o’zbek tiliga ham u shunday shaklda kirib kelan, 

farqi  shuki,  rus  tilida  kartofel  adabiy  til  birligi,  kartoshka  esa  uning  jonli 

so’zlashuvdagi varianti bo’lsa, o’zbek tilida kartoshka  adabiy til birligi, kartishka 

esa  uning  jonli  so’zlashuvdagi  varianti  tarzida  ishlatilmoqda.  Demak:  o’zbek 

tilidagi  kartoshka  so’zining  shakl  etimoni  italyancha  tartufolo  so’zi,  ma’no 

etimoni  (etimologik  ma’nosi)  esa  “yer  qo’ziqorini”dir:  ma’lumki,  kartoshkaning 

vatani  –  Janubiy  Amerika.  U  yerdagi  mahalliy  hindular  kartoshkani  potata 

deyishgan, shu nom bilan u XVI asrda Ispaniyaga keltirilgan,keyinchalik kartoshka 

Yevropaning  boshqa  mamlakatlariga  tarqalgan,  natijada  Yevropadagi  ayrim 

xalqlar kartoshkaga yangi nom qo’yishgan: fransuzlar uni pom de ter (pommes de 



terre- “yer olmasi”) deb, italyanlar esa tartufolo (“yer qo’ziqorini”) deb atashgan, 

bunda uning shakli qo’ziqoringa o’xshash  bo’lganligi,  ammo  qo’ziqorindan  farqli 

ravishda yer ustida emas, tuproq orasida yetilishi nazarda tutilgan.

1

 



Leksemalarning etimonini aniqlash bilan tilshunoslikning etimologiya bo’limi 

shug’ullanadi.  Bunday  tadqiqot  natijalari  til  sistemasi  va  strukturasidagi  turli 

jarayonlarni  hamda  so’zlarning  etimologik  ma’nolarini  aniqlashda,  etimologik 

lug’atlar  tuzishda  ahamiyatlidir  (darslikning  “Leksikografiya”  bo’limiga  ham 

qarang). 

So’z  etimologiyasining  ilmiy  (faktlar  tahliliga  asoslangan),  soxta  (g’ayri 

ilmiy)  va  xalq  etimologiyasi  (xalqning  taxminiga  tayangan  etimologiya)  kabi 

turlari bor. 

 

                  Tekshirish savollari va topshiriqlar 

1.

 



Leksemaning hozirgi va avvalgi ma’nolari qanday farqlanadi ? 

2.

 



Bosh ma’no nima ? Hosila ma’no-chi ? 

3.

 



Kontekst talabiga ko’ra ma’noning qanday turlari o’zaro farqlanadi ? 

4.

 



To’ng’ich bosh ma’no va nisbiy bosh ma’no haqida ma’lumot bering. 

5.

 



Avvalgi leksik ma’noning qanday turlari bor ? 

6.

 



Eski leksik ma’no va etimologik leksik ma’no haqida ma’lumot bering. 

7.

 



Etimon nima ? 

                                                           

1

 Bu haqda qarang: Феллер М. Как рождаются и живут слова. –М.: «Просвещение», 1964, С. 47-48. 




8.

 

Shakl va ma’no etimonlari haqida ma’lumot bering. 



9.

 

Tilshunoslikning  qaysi  bo’limi  leksemalarning  etimonini  aniqlash  bilan 



shug'ullanadi ?   

 

                  Tayanch tushunchalar 


Download 442.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling