Hozirgi leksik ma’no- leksemaning hozirgi o’zbek tilidagi ma’nosi.
Avvalgi leksik ma’no- leksemaning o’tmishdagi leksik ma’nosi.
Bosh ma’no- leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’nolarning o’sib
chiqishiga asos bo’lgan ma’no.
Hosila ma’no- bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no.
Eski leksik ma’no- leksemalarning hozirgi paytda arxiaklashib qolgan
ma’nosi.
Etimologik leksik ma’no- leksemalarning kelib chiqishida uning mazmun
planiga asos bo’lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ham ataladi.
Shakl etimoni- leksemaning yuzaga kelishida asos bo’lib xizmat qilgan
dastlabki shakl.
LEKSIK SINONIMIYA
Leksik sinonimiya
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra
guruhlanishidir: yelka, kift, o’miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi
guruh); nur, shu’la, yog’du, ziyo (uchinchi guruh) kabi. Bunday guruhlar
tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda:
a)
leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no
qirralari, uslubiy bo’yoqlari, subyektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil bo’ladi.
Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni- “o’z erki, haq-
huquqiga egalik”ni ataydi. Biroq ularda o’zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham
bor. Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli bo’lsa, ozod leksemasida
ko’tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |