Хожибойга ma'ruza
Download 442.15 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili leksikologiyasi
3. Nutqiy sinonimlar- nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o’zaro
farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko’rinishlarida (adabiy nutqda ham, so’zlashuv nutqida ham) qo’llana olgan holda, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat s’zlashuv nutqiga xoslangandir.
Kontekstual
til
birligi sifatida o’zaro sinonim
bo’lmaganleksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kirishishi. Masalan, chinni va kosa so’zlarining leksik ma’nolari birxil emas: chinni “idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy”ni, kosa esa “piyoladan kattaroq idish”ni ataydi, shunga ko’ra ular sinonim hisoblanishmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi “kosa” ma’nosida ham qo’llanadi, binobarin, shu shevaga xos konrekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi chinnida moy olib keldi. (J. Sh.). Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa, muallif leksemasining nutqdagi qo’llanishida ko’p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sistemasi tarkibida “yozuvchi”, “shoir”, “hikoyanavis”, “olim”, “ixtirochi” kabi qator semalar mujassamlashgan. Demak, uning ma’no ko’lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda
leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki so’z sinonim bo’la olmaydi, chunki ularning ma’no ko’lami o‘zaro teng emas. Tilda leksik manolari o’zaro teng bo’lib, farqlovchi semalari bo’lmagan leksemalar ham uchraydi: so’roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, ot va
Download 442.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling