Хожибойга ma'ruza


Download 442.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/99
Sana02.01.2022
Hajmi442.15 Kb.
#196588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Bog'liq
ozbek tili leksikologiyasi

1.  Ma’no  sinonimlari  (ideografik  sinonimlar).  Bunday  sinonimlar  ma’no 

qirralari  bilan  farqlanadi.  Masalan,  achchiqlanmoq,  g’azablanmoq,  qahrlanmoq 

leksemalari  “g’azabi  kelmoq”  ma’nosi  bilan  bir  sinonimik  qatorga  birlashadi, 

ammo  ularda  shu  ma’noni  ifodalash  darajasi  bir  xil  emas,  u  “achchiqlanmoq”dan  

“g’azablanmoq”qa,    “g’azablanmoq”dan  esa  “qahrlanmoq”qa  qarab  kuchayib 

boradi. 


2.  Uslubiy  sinonimlar  (stilistik  sinonimlar).  Bunday  sinonimlarning  leksik 

ma’nosi  ijobiy  yoki  salbiy  bo’yoqlar  (uslubiy  semalar)  bilan  qoplangan  bo’ladi, 

ayni  shu  uslubiy  semalar  sinonimlarning  uslubiy  vosita  sifatidagi  qiymatini 

belgilaydi.  Masalan  jimaymoq,  iljaymoq,  irjaymoq,  tirjaymoq,  ishshaymoq, 



irshaymoq  leksemalarining  barchasida  bitta  leksik  ma’no  “ovoz  chiqarmay 

miyig’ida  kulish”  hodisasini  nomlash  bor,  ammo  shu    ma’no  jilmaymoq 

leksemasida  biroz  ijobiy,  iljaymoq      leksemasida  biroz  salbiy  bo’yoq  bilan 

qoplangan,  bu  salbiy  bo’yoq      irjaymoq,  tirjaymoq,  ishshaymoq  va    irshaymoq 

leksemalarida  yanada  ortib  boradi.  Qiyos  qiling:  U  hamisha  kulib,  jilmayib 

turadigan  mehribon  chehrani  ko’rmadi  (M.  Ism.)    Sho’xroq  qiz,  yigitlar  iljayib, 

bir-biriga  ko’z  qisib  qo’yishadi  (“Mushtum”).  Fosih  afandi  bo’lsa...  qora  duldul 

ustida kuydirilgan kalladay irjayib o’tirar edi  (M. Ism.). Fazliddin tirjayib, egri-

bugri tishlarining oqini ko’rsatdi (O.). Lekin Murzin hayron qolib: “U emas-ku!”- 

degan edi, kommendant: “Adashmang, aynan o’zi”,- dedi surbetlarcha ishshayib

(Sh.).  Yer  yutgurlar,  nima  qilib  irshayib  turibsizlar,  huv,  ko’zlaring  teshilsin!  – 



dedi xotinlardan biri. 


Download 442.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling