Hojimurod Toshpulatov
4
Eritmalar.
Eritma deb, ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan murakkab gomogen
sistemaga aytiladi. Eritma erituvchi va erigan moddadan tashkil topadi.
Anorganik erituvchi
sifatida asosan suv ishlatiladi.
Eritmalar uch xil bo’ladi: gaz, suyuq va qattiq.
Eritmalarning asosiy miqdoriy tavsifi sifatida ularning konsentratsiyasi ishlatiladi.
“
Eritmada yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida yoki ma’lum hajmida erigan modda
miqdori konsentratsiya deyiladi va C harfi
bilan belgilanadi”.
Eritmalarning konsentratsiyasini taxminiy ifodalash uchun suyultirilgan va konsentrlangan
eritma tushunchalaridan foydalaniladi.
Suyultirilgan eritmalarda erituvchi miqdori erigan modda miqdoridan ko’p bo’ladi.
Masalan: 10% li sulfat kislota eritmasi.
Konsentrlangan eritmalarda erigan modda miqdori erituvchi miqdoridan ko’p bo’ladi.
Masalan: 96% li sulfat kislota eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: