- REJA:
- 1. GRAFIKA HAQIDA MA’LUMOT.
- 2. GRAFIK VOSITALAR.
- 3. O‘ZBEK YOZUVI TARIXIDAN.
- 4. ORFOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT.
- 5. ORFOGRAFIYANING ASOSIY TAMOYILLARI.
- Grafika (grekcha grapho – yozmoq ) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda harflar tarkibi va ularning tovushiy ma’nolari o’rganiladi. Grafika tildagi tovushlarni ko’rsatuvchi shakily vositalar tizimidir.
- Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi, tovush ko’rsatmaydigan shakl esa belgi deb ataladi. Harf va belgilarning muayyan tartibda joylashuvi alfavit (alifbo) deyiladi
- Hozirgi o’zbek yozuvi lotin grafikasiga asoslangan bo’lib, unda 30 ta shakl mavjud. Shundan 29 tasi harf va harfiy birikma, bittasi (’) belgisi. Har bir harfning ikki xil ko’rinishi: bosma va yozma ko’rinishlari bo’lib, ularning ikkita turi bor: bosh (katta ) harf va kichik harf.
- GRAFIKA VA GRAFIK VOSITALAR HAQIDA MA’LUMOT
XALQIMIZ QO‘LLAGAN YOZUVLAR - Avesto yozuvi
- O‘rxun-enаsoy yozuvi
- So‘g‘d yozuvi
- Uyg‘ur yozuvi
- Arаb yozuvi
- Kirill yozuvi
- Oldingi lotin yozuvi
- Yangi lotin yozuvi
ORFOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT - Orfografiya ( grekcha orphos – to’g’ri, grapho- yozaman) so’zlar va ularning shakllarini yozish haqidagi qoidalar tizimidir. 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan asosiy imlo qoidalari quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- 1. Harflar imlosi:
- a) unlilar imlosi (1-7-bandlar);
- b) undoshlar imlosi (8-32-bandlar).
- 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar)
- 3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar)
- 4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar)
- 5. Ajratib yozish (57-65-bandlar)
- 6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
- 7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar)
ORFOGRAFIYA TAMOYILLARI Test savollari - 1. Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?
- A) til qismlarining harakatiga ko‘ra
- B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra
- C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
- D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra
- 2. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
- A) abadiy, telpak, qadriyat
- B) odob, botiq, qanoat
- C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir
- D) tekintomoq, qanoat, vazifa
- 3. Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
- A) zaruriy B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim
- 4. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping.
- A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
- 5. Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bolish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang.
- A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
- B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
- C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa
- D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
- 6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat?
- A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo
- C) ivi, bibi, vafo D) bob, bobo, betob
- 7. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
- A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak B) barbod, ko’klam, badnafs
- C) paxsa, sukut, sochiq D) zag‘izg‘on, jadval, mudir
- 8. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iboratso’z berilgan?
- A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz
- 9. Qaysi qatordagi so‘zlaming
- undoshlari til oldi tovushlardan iborat?
- A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza
- C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar
- 10. Qaysi qatordagi so’zlaming
- undoshlari faqat ovozdorlardan iborat?
- A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav
- C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon
UYGA VAZIFA - MASHQLAR TO‘PLAMIDAGI TEGISHLI
- MASHQLARNI SHARTIGA KO‘RA BAJARIB KELISH.
Do'stlaringiz bilan baham: |