Hokim va tobe sozlarning birikish usullari


Download 0.79 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#235576
Bog'liq
8-taqdimot. Grafika. Orfografiya (AIM.UZ)

  • REJA:
  • 1. GRAFIKA HAQIDA MA’LUMOT.
  • 2. GRAFIK VOSITALAR.
  • 3. O‘ZBEK YOZUVI TARIXIDAN.
  • 4. ORFOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT.
  • 5. ORFOGRAFIYANING ASOSIY TAMOYILLARI.
  • Grafika (grekcha grapho – yozmoq ) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda harflar tarkibi va ularning tovushiy ma’nolari o’rganiladi. Grafika tildagi tovushlarni ko’rsatuvchi shakily vositalar tizimidir.
  • Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi, tovush ko’rsatmaydigan shakl esa belgi deb ataladi. Harf va belgilarning muayyan tartibda joylashuvi alfavit (alifbo) deyiladi
  • Hozirgi o’zbek yozuvi lotin grafikasiga asoslangan bo’lib, unda 30 ta shakl mavjud. Shundan 29 tasi harf va harfiy birikma, bittasi (’) belgisi. Har bir harfning ikki xil ko’rinishi: bosma va yozma ko’rinishlari bo’lib, ularning ikkita turi bor: bosh (katta ) harf va kichik harf.
  • GRAFIKA VA GRAFIK VOSITALAR HAQIDA MA’LUMOT

XALQIMIZ QO‘LLAGAN YOZUVLAR

  • Avesto yozuvi
  • O‘rxun-enаsoy yozuvi
  • So‘g‘d yozuvi
  • Uyg‘ur yozuvi
  • Arаb yozuvi
  • Kirill yozuvi
  • Oldingi lotin yozuvi
  • Yangi lotin yozuvi

ORFOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT

  • Orfografiya ( grekcha orphos – to’g’ri, grapho- yozaman) so’zlar va ularning shakllarini yozish haqidagi qoidalar tizimidir. 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan asosiy imlo qoidalari quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
  • 1. Harflar imlosi:
  • a) unlilar imlosi (1-7-bandlar);
  • b) undoshlar imlosi (8-32-bandlar).
  • 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar)
  • 3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar)
  • 4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar)
  • 5. Ajratib yozish (57-65-bandlar)
  • 6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
  • 7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar)

ORFOGRAFIYA TAMOYILLARI

Test savollari

  • 1. Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?
  • A) til qismlarining harakatiga ko‘ra
  • B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra
  • C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
  • D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra
  • 2. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
  • A) abadiy, telpak, qadriyat
  • B) odob, botiq, qanoat
  • C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir
  • D) tekintomoq, qanoat, vazifa
  • 3. Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
  • A) zaruriy B) sezuvchi C) kitobxon D) xushbichim
  • 4. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping.
  • A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
  • 5. Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bolish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang.
  • A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
  • B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
  • C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa
  • D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
  • 6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat?
  • A) beibo, beva, vabo B) ibo, bambuk, bevafo
  • C) ivi, bibi, vafo D) bob, bobo, betob
  • 7. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
  • A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak B) barbod, ko’klam, badnafs
  • C) paxsa, sukut, sochiq D) zag‘izg‘on, jadval, mudir
  • 8. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iboratso’z berilgan?
  • A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz
  • 9. Qaysi qatordagi so‘zlaming
  • undoshlari til oldi tovushlardan iborat?
  • A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza
  • C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar
  • 10. Qaysi qatordagi so’zlaming
  • undoshlari faqat ovozdorlardan iborat?
  • A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav
  • C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon

UYGA VAZIFA

  • MASHQLAR TO‘PLAMIDAGI TEGISHLI
  • MASHQLARNI SHARTIGA KO‘RA BAJARIB KELISH.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling