Holat diagrammasi


Download 20.2 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1458762
  1   2
Bog'liq
9 Holat diagrammasi


Holat diagrammasi, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (temperatura, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h.k.). Holat diagrammasi bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va boshqa boʻlishi mumkin.
Agar sistema bitta komponentdan iborat boʻlsa (eng sodda hol), Holat diagrammasi toʻgʻri burchakli uch koordinata oʻqiga (bu oʻqdar boʻyicha temperatura T bosim R va mol qajm V qoʻyiladi) qurilgan 3 oʻlchovli fazoviy shakl koʻrinishini oladi.
Ikki fazali muvozanat holat egri chiziqlar, 3 fazalisi esa nuqta bilan tasvirlanadi. Har qanday modda qat-tiq, suyuq va gazsimon fazasining muvozanatiga mos keluvchi 0 nuqta unlama nuqta deyiladi. Koʻp kompo-nentli sistemalarning Holat diagrammasi murakkab boʻladi. Holat diagrammasini eksperimental qurishda fizik-kimyoviy, termik va rent-genografik analiz, optik va elektron mikroskopiya, dilatometriya va boshqa usullardan foydalaniladi. Holat diagrammasi amal-da, metallshunoslik, metallurgiya va kimyoning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Qotishmalarning erish sohasi, temperaturasi termik ishlov rejimlari Holat diagrammasiga koʻra aniqlanadi.
Sistemaning holat tenglamalarini topish fizikaviy kimyoning asosiy vazifalaridan biri ekanligi yuqorida alohida ta’kidlab o‘tildi. Holat tenglamasi sistemaning termodinamik tenglamalari va uning fazalari bilan chambarchas bog‘langan. Ammo uni aniq ko‘rinishda termodinamikaning asosiy tenglamalaridan chiqarib bo‘lmaydi. Holat tenglamasi tajriba yo‘li bilan yoki statistik fizika usullarida alohida molekulalarning tuzilishi va xossalarini ifodalovchi kattaliklar orqali keltirib chiqariladi. Eng sodda holat tenglamalari past bosimlardagi gazlar uchun chiqarilgan: Klapeyron-Mendeleev, Van-der-Vaals, Bertlo va boshqa tenglamalar. Vaqt o‘tishi bilan massasi va tarkibi doimiy va bir jinsli eng sodda sistemaning holatini aniqlash uchun uchta mustaqil o‘zgaruvchidan ikkitasini bilish kifoyadir. Murakkabroq sistemalarda mustaqil o‘zgaruvchilarga konsentratsiya, elektr zaryadi, elektrostatik potensial, magnit maydonining kuchlanganligi va boshqalar kirishi mumkin.
Eng sodda sistemaning r,V, T o‘zgaruvchilarini bog‘lab turuvchi holat tenglamasining mavjudligiga asoslanib, holat parametrlarining xususiy xossalari orasidagi munosabatlarni topamiz.
Holat tenglamasining umumiy ko‘rinishi qo‘yidagicha
f(p, V, T) = 0 (I.12)
Ушбу тенгламани ҳажмга нисбатан ечсак:
V = f1 (p, T) (I.13)
Иккита ўзгарувчининг тўлиқ дифференциалини топамиз:
dV= (∂V/∂p)т dр+(∂V/∂T)p dT (I.14) V=const шартини киритамиз (dV = 0):

(∂V/∂p)т dр+(∂V/∂T)p dT = 0 (I.15) ни dT га бўламиз:


(I.15)

(∂V/∂p)т·(∂p/∂T)v+(∂V/∂T)p = 0 (I.16) ни қуйидаги кўринишга келтирамиз:


(I.16)

(∂V/∂p)т(∂p/∂T)v = -(∂V/∂T)p


(I.17)

  1. 17)нинг иккала тарафини (∂Т/∂V)p га кўпайтирамиз ва қуйидагини оламиз:

26

Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling