Holiqberdiev t


Download 35.56 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1594487
  1   2   3
Bog'liq
Holiqberdiev t





MASHINASOZLIKDA ANIQLIK



O’quv maqsadi

Talabalarda mashinasozlikda aniqlik to’g’risidagi bilimarni olish va rivojlanish taraqqiyoti haqida bilim va amaliy


ko’nikmalarni shakllantirish.


Asosiy ma’lumotlar
Funktsional, konstruktorlik va texnologik qo’yimlar



M exanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha: konussimon, bochkasimon, egarsimon va egrilik shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha: ovalsimon, ogrankalik hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari sodir bo’ladi. Кo’rinib turibtiki bu xatoliklar buyumning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri geometrik aniqligi bilan bog’liq. Кonstruktor har bir buyum va uning detallarini xizmat vazifalariga muvofiq qilib ishlab chiqish bosqichida ularning chizmalarida tegishli bo’lgan gemetrik o’lchamlarini qo’yib, aniqligini, ya’ni har bir o’lchamning chegraviy qiymatlarini va asosiy texnik talablarni o’rnatida.
Кo’rinib turibtiki detallarga ishlov berish jarayonida uning geometrik o’lchamlarining haqiqy absalyut qiymatlariga xech qachon erishib bo’lmaydi. Shuni ko’zda tutgan holda konstruktor ongli ravishda har bir geometrik o’lcham uchun chegaraviy o’lchamlar o’rnatadi, ya’ni qo’yim tayinlaydi.
Эng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlar ayrimasiga qo’yim (dopusk) deb ataladi.
Funktsional, konstruktorlik va texnologik qo’yimlar
Mashinani yoki detalni ruxsat etilgan ekspluatat–
s ion og’ishlarini hisobga olib funktsional qo’yimlar o’rnatiladi. Binobarin, tutashtirilmay– digan sirtlar uchun bu gidrotizim sopelining, karbyurator
jiklyorlari diametrlarining qo’yimlari va h.k. bo’lishi mumkin. U holda bu o’lchamning funktsional qo’yim eng katta va eng kichik
2.1– rasm. Qo’yimlar joylashish ruxsat etilgan qiymatlarining ayrimasiga teng.
maydoni Bu esa buyumning ruxsat berilgan ekspluatatsion
ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq holda aniqlanadi (2.1–rasm).
Funktsional qo’yim ekspluatatsion va konstruktorlik qo’yimlarning yig’indisidan iborat. Birinchi – ekspluatatsion qo’yim Tэk detalni uzoq muddat ishlashi talabini qondiruvchi aniqlik zaxirasini tavsiflaydi. Ikkinchisi – konstruktorlik qo’yim Tk turli xatoliklarni kompensatsiya qiladi. Tutashtiriluvchi sirtlar amalga oshirilayotgan hollarda konstruktorlik qo’yim detallarni tayyorlash xatoliklarini, birikmalarni va mashinalarni yig’ish, ularni rostlash xatoliklarini hisobga oladi va jihoz xatoliklarni kompensatsiyalaydi.
Кonstruktorlik qo’yim funktsional qo’yim bilan uzviy bog’liq bo’lib, mashinani tayyorlash va ekspluatatsiya qilish sarflarni tahlillash (nazariy va tadqiqotlash yordamid) asosida konstruktor tomonidan o’rnatiladi.
Texnologik jarayon (TJ) davom etishida sodir bo’luvchi oralik o’lchamlarga tayinlanuvchi qo’yimlarga texnologik qo’yim deb ataladi. U sodir bo’luvchi xatoliklarga bog’liq bo’lgan juda ham murakkab jarayondan iborat. Texnologik qo’yim konstruktorlik qo’yimdan kichik bo’lishi uchun bunday xatoliklarni iloji boricha minimumga keltirish zarur. Shunday sharoitdagina birikma va mashinalarni yig’ish jarayoni yengillashadi. Кonstruktorlik va texnologik qo’yimlar orasidagi nisbatlarini tahlilash TJ takomillashganligi to’g’risida hukm chiqarish imkonini beradi.

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling