Holiqberdiev t


O’lcham, shakl va sirtlar joylauvining aniqligi


Download 35.56 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1594487
1   2   3
Bog'liq
Holiqberdiev t

O’lcham, shakl va sirtlar joylauvining aniqligi

Tanavorlarni kesib mexanik ishlov berish jarayoni turli moslamalar va keskich asboblar bilan ta’minlangan metallkesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Binobarin, dastgoh (D), asbob (A), tanavor (T), va moslama (M) bir butun tizimni hosil qiladi. Uning elementlari na faqat birbiriga bog’liq bo’lishi, balki berk kontur ichida bo’lishi ham zarur (2.2rasmda punktir chiziq


bilan ko’rsatilgan). Agar bunday berklik bo’lmasa
ishlov berish jarayonini bajarish mumkin emas.
Кo’rsatilgan har bir element o’zining sifati
bo’yicha ideal emas. Tizimning hamma elementlari
o’zining sifat ko’rsatkichlarini detal tayyorlash
jarayonida tanavorga o’tkazadi. Undan tashqari
kesish jarayonining o’ziga xosligi ham detalning
sifat ko’rsatkichlariga o’zining o’zgartirishlarini
kiritadi. Natijada detallarning hatoliklari
kelib chiqadi va qoidaga ko’ra uning aniqligi
pasayadi.
Mashinaning har bir detali birnechta
sirtlar birlashmasidan iborat. Detallarning
2.2– rasm. Berkilgan ko’pligiga qaramasdan sirtlar soni cheklangan.
texnologik tizim Bular – silindirsimon, konussimon, yassi va
fasonli sirtlardir. Tanavorlarga mexanik ishlov berishning aniqligi, texnologik tizim elementlarining berk konturi mavjudligi bilan bog’liq bo’lib, uch xil aniqlik bilan namoyon bo’ladi: o’lcham aniqligi, shakl aniqligi va sirtlar fazoviy joylashuvining aniqligi bilan.
Detallar turli sirtlarining o’lcham aniqligi qo’yimga mos kelishi zarur. O’lcham qo’yimi sezilarli darajada mahsulot sifatini aniqlaydi. O’lchamlar tayinlanishi bo’yicha turli guruhlarga kirishi mumkin. Кoordinatsiyalovchi o’lchamlar detallarni va o’qlarni o’zaro joylashishini aniqlash uchun qo’llaniladi. Bu o’lchamlar, qoidaga ko’ra, javobgar sirtlar, detalni hizmat vazifasini belgilovchi. Masalan, korpusli detallarning tipoviy sirtlari bo’lib yassi sirtlari va vallar, podshipniklar joylashtiriluvchi teshiklari hisoblanadi. Кoordinatsiyalovchi o’lchamlar korpuslarning yassi va silindrik sirtlarini o’zaro bog’lab turadi.
Yig’ish o’lchamlari mashinaning bir elementini holatini jihozsiga nisbatan aniqlaydi. Bu o’lchamlar avvalam bor biriktiriluvchi sirtlarnikidir. Кorpusli detallarning biriktiriluvchi sirtlari ko’pincha yassi sirtlari hisoblanadi. Кo’rsatilgannlardan tashqari texnologik o’lchamlar qo’llaniladi. Ular detallarni tayyorlash va nazorat qilsh uchun zarur.
O’lcham qaysi guruhga kirmasin, uning aniqligi mashina sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, ya’ni o’zini funktsiyasini o’rnatilgan chegara oraligida bajarish qobiliyati bo’yicha.
Aniqlik muammosini yYechimi yana bir “o’lcham” tushunchasini hal etishni talab etadi. O’lchamlar nominal (yaxlit) , chegaraviy va haqiqiy o’lchamlarga farqlanadi. Nominalga nisbatan chegaraviy o’lchamlar aniqlanadi. Nominal o’lcham og’ishlarni hisoblashning boshi bo’lib xizmat qiladi va konstruktor tomonidan, detalning xizmat vazifasidan kelib chiqqan holda o’rnatiladi.
Binobarin, texnologik tizim dastgohmoslamaasbobtanavor (DMAT) doimiy (nominal) o’lchamning funktsiyasi davom etishini o’ziga xosligi tufayli uni ta’minlay olmasligi sababli haqiqiy o’lcham tushunchasi kiritilgan. U, ruxsat etilgan xatolik bilan o’lchash orqali aniqlnadi. Haqiqiy o’lcham nominoldan ruxsat etilgan miqdordan katta farq qilmasligi zarur. Shuning uchun ikkita chegaraviy o’lchamlarga farqlanadi eng katta va eng kichik. Nominal o’lchamning miqdori eng katta va eng kichik o’lchamlar oralig’ida bo’lishi yoki ulardan biriga teng bo’lishi ham mumkin.
Haqiqiy deb ataluvchi o’lcham, mahsulotning sifatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Detalni tayyorlash jarayonid har oniy vaqt birligida bu o’lcham turlicha bo’lib chiqadi. Buning fizikaviy mohiyati shundan iboratki texnologik tizim tanavorga ishlov berib, harakatlanib (nafas olib) turish jarayonida birnechta omillar vujudga kelib, detalning sifatli chiqishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ikki turga farqlanadi.

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling