Хоm аshyo tаvsifi


Download 391 Kb.
bet12/18
Sana08.04.2023
Hajmi391 Kb.
#1342482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
kolbasa

Sakkizinchi sxema. Xar bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o’tkazib aniqlashga assoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqorida sxemalarga qaraganda ta’minlovchining masuliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan o’tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema maxsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo’yilganda ishlatilishga asoslangan yoki maxsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo’llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaxo metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko’proq qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaxo metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi (attestatlanishi)ga asoslangan.
To’qqizinchi sxema. Bu sxema maxsulotni sertifikatlashtirishda qo’llaniladi va maxsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiya qilishni nazarda tutadi. Mazkur sxemada, ishlab chiqaruvchining xoxishiga ko’ra, muvofiqlik belgisi qo’llanilishi mumkin.
Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, shuningdek ularning muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanishi mumkin bo’lgan maxsulotlar ro’yxati O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to’liq bo’lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
3; 4; 5; 7; 8; 9; sxemalar bo’yicha sertifikatlashtirilgan maxsulot muvofiqlik belgisi bilan tamg’alanishi (markirovka qilinishi) mumkin.
Xozirgi zamon adabiyotida xar bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari taxlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to’liq bo’lganligi uchun uni asos qilib olib, xozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi maxsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo’lgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida o’z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi maxsulotning sifatini nazorat qilish xamda nazoratni tashkil qilish va shunga o’xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.

Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling