Sun’iy tushirish (abort) — homilani qasddan, ongli ravishda tushirish;
Muvaffaqqiyatsiz homila tushishi — gestatsiyaning 28-haftasigacha homilalik tuxumning tashqariga chiqarib yuborilmasidan homilaning bachadon ichida nobud bo’lishi.
Homiladorlikning 22 va 37 to’liq haftalari oralig’ida yuz beradigan tirik yoki o’lik tug’ilish muddatidan oldin tug’ilish deya tasniflanadi.
Tasnifi
Xavf soladigan spontan abortning klinik ko’rinishi homilaning hayotchanligigacha (uni baholash kerak) bo’lgan davrda har qanday qon ketishlar bilan namoyon bo’ladi. Tekshiruvlar davomida homilaning yashashga qodirligi va gestatsiya boshqa muammolarsiz davom etishi mumkinligi aniqlanishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, homiladorlik davom etmayotganligini ta’riflash uchun muqobil sifatida quyidagi atamalar ham qo’llaniladi:
Anembrioniya— bu homilalik xaltasi normal rivojlanishda, embrional qism esa yoki yo’q, yoki juda erta muddatlarda o’sishdan to’xtaganligi holatidir. Boshqa nomi — bo’sh homilalik tuxumi;
Muqarrar abort — bu holatda bachadon bo’yni allaqachon kengaygan va ochilib bo’lgan, ammo homila hali itarib chiqarilmaganligini ifodalaydi. Qoida tariqasida, bu holat to’liq abortgacha davom etadi;
To’liq abort — barcha urug’lantirish mahsulotlarini (trofoblast, vorsinkalar, xorion, embrion, homila va hokazo) chiqarib tashlanishi;
Chala abort — to’qima tashqariga chiqqan, lekin homila yoki embrionning ayrim qismlari bachadon ichida qolishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |