Homila tushishi turlari Tasnifi
Download 186.59 Kb.
|
ABORT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabablari Birinchi trimestrda
MAVZU: ABORT (BOLA TASHLASH) (abortus spontaneus) Reja: Homila tushishi turlariTasnifiHomila tushishi belgilariPsixologik alomatlarMuddatiga qarabSabablariIkkinchi trimestrdaUmumiy xavf omillariTashxisDavolashAsoratlariOldini olishHomila tushishi — sabablari, alomatlari, davolash usullari, oldini olishHomila tushishi, spontan abort — homiladorlikning (gestatsiyaning) o’z-o’zidan patologik uzilishi. Klinik ravishda aniqlangan gestatsiya holatlarining 15-20 foizi spontan abort bilan yakunlanadi. Bu raqamlar quyi chegaradir, chunki ko’p hollarda homila tushishi erta muddatlarda yuzaga keladi. Ayol homilador bo’lganini anglashga ulgurmaydi, patologiya belgilari esa ko’pincha ko’p miqdorda hayz kelishi bilan adashtirib yuboriladi. Homila tushishi xavfli patologiya bo’lib, ayrim hollarda statsionar davolanishni talab qiladi. U maqsadli tibbiy abortdan farq qiladi, ba’zi hollarda uyda amalga oshiriladigan abortlar aynan spontan abort hisoblanadi. Homila tushishi turlariJSSTning 2009-yil «Yoramchi reproduktiv texnologiyalar atamasi lug’ati»da homila tushishining quyidagi turlari farqlanishi ko’rsatilgan: Biokimyoviy homiladorlik (preklinik spontan abort) — klinik bosqichga yetib bormagan va qon zardobi yoki siydikda xorionik gonadotropinni tahlil qilish natijalari bilan aniqlanadi; Spontan abort — rivojlanayotgan bolaning hayotiyligini ko’rsatadigan gestatsiya davriga yetib borishidan oldin ayol organizmi tomonidan chaqirilgan abort. Hozirgi kunda homiladorlikning bu muddati JSST tomonidan 22 hafta sanaladi; Sun’iy tushirish (abort) — homilani qasddan, ongli ravishda tushirish; ABORT (lot. abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlabki 28 haftasida bachadondan homila tushishi, 28 haftadan ilgari tugʻilgan bola yashamaydi. Abort erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari koʻrilmaganda bola tushishi) va kechikib (13 — 27 hafta ichida bola tushishi) sodir boʻlishi mumkin. Abort sunʼiy va gʻayriixtiyoriy Abortga boʻlinadi. Sunʼiy Abort (bola tushirish) ayolning oʻz istagi yoki sogʻligʻiga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga koʻra esa bundan kechroq muddatlarda tugʻruqxonalarda oʻtkaziladi. Gʻayriixtiyoriy Abort (bola tashlash) sabablari: 1) oʻtkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va b.; 2) ona bilan homila qoni rezus faktorinnt mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat boʻlishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, oʻpka va nafas aʼzolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy aʼzo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq tana gormoni kam ishlanib chiqib, bachadon muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ketadi, natijada Abort roʻy beradi; 5) ichki jinsiy aʼzolarning turli sabablar bilan yalligʻlanishi; 6) ayol tanosil aʼzosining yetarli rivojlanmaganligi (infantilizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, ogʻir yuk koʻtarish, lat yeyish va h. k.); homiladorning biror narsadan qattiq qoʻrqishi, hayajonlanishi. Gʻayriixtiyoriy Abort homilaning bachadondan koʻchish darajasiga qarab turlicha boʻladi. Abort xavfi tugʻilganda bel ogʻrib, jinsiy aʼzodan bir oz qon keladi, bachadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; toʻgʻri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan Abortda ogʻriq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik boʻlsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan Abortda laxta-laxta qon keladi, bachadon taranglashadi, qisqaradi. Chala Abortda homila butun chiqmay, uning koʻchmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon koʻp ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nisbatan kichik boʻladi. Toʻliq Abortda homila butun tushadi; shunga koʻra qon kelishi tez toʻxtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud boʻlib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tushishi uzoq choʻziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (choʻzilgan Abort). Baʼzan homila bachadon devoridan koʻchadi-yu, lekin bachadon boʻyni kanalining tashki teshigi yopiq boʻlsa, boʻyin kanalida toʻxtab qoladi (bachadon boʻyniga bola tushishi). Baʼzan homila nobud boʻlsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimilib, oʻzi bujmayib, moʻmiyosimon boʻlib qoladi (yopishib qolgan A). A. ga infeksiya sabab boʻlganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va b. jinsiy aʼzolar hamda qorin pardasi yalligʻlanadi, homiladorning isitmasi koʻtariladi. Septik Abortda esa mikroblar ona organizmiga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli ogʻir boʻladi; oʻz vaqtida chora koʻrilmasa, ona nobud boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy Abort) taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni Abortga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Download 186.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling