Homila tushishi turlari Tasnifi
Download 186.59 Kb.
|
ABORT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi trimestrda
- Ikkinchi trimestrda
SabablariHomila turli sabablarga ko’ra tushishi mumkin, ammo ularning hammasi o’z vaqtida aniqlanmaydi. Asosiy sabablar: Genetik kasalliklar; Gormonal fonning buzilishi; Ayolning infektsion kasalliklari; Surunkali kasalliklar; Jinsiy a’zolar tuzilishi anomaliyalari va boshdan o’tkazilgan abortlar; Immunologik sabablar (xususan rezus ziddiyat); Og’ir jismoniy zo’riqish. Birinchi trimestrdaAksariyat klinik homila tushishlari (66% yoki 75%, turli tadqiqotlarda turlicha) aynan birinchi trimestrda yuz beradi. Dastlabki 13 hafta ichida sodir bo’lgan spontan abortlarda embrionlarning yarmidan ko’pida xromosomal anomaliyalar aniqlanadi. Genetik muammoli homiladorlik 95% hollarda homila tushishi bilan tugaydi. Xromosoma muammolarining ko’pchiligi tasodifan kelib chiqqan bo’lib, ularning ota-onalar bilan hech qanday aloqasi yo’q va qayta takrorlanishi kuzatilmaydi. Biroq, ota-onaning xromosomal patologiyalari bundan istisno — bu holda abort qayta-qayta kuzatilishi mumkin. Takroriy tushishlarda bolaning ota-onasidan birida genetik buzilish mavjudligidan shubha qilish mumkin. Bundan tashqari, ota-onaning boshqa farzandlari yoki yaqin qarindoshlarida nogironlik yoki poroklar bo’lsa, ushbu sababni e’tiborga olish lozim. Genetik muammolar ko’proq yoshi kattaroq ota-onalar bilan bog’liq bo’ladi. Homilaning erta tushishiga yana bir sabab — progesteron yetishmasligi bo’lishi mumkin. Biroq bu hali o’z tasdig’ini topmagan. Ikkinchi trimestrdaIkkinchi trimesterdagi homiladorlikning uzilishi 15 foizigacha bachadon porogi, bachadondagi neoplazma (mioma) yoki bachadon bo’yni muammolari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ushbu holatlar shuningdek muddatidan oldin tug’ruqqa olib kelishi ham ehtimollidir. Bir tadqiqot natijalariga ko’ra, homiladorlikning ikkinchi trimesterdagi uzilishlarning 19 foizi kindik muammolari bilan bog’liq. Yo’ldosh bilan bog’liq muammolar esa kech muddatlarda homila tushishi sabablarining katta ulushini egallaydi. Download 186.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling