Homila tushishi turlari Tasnifi


Muvaffaqqiyatsiz homila tushishi


Download 186.59 Kb.
bet2/6
Sana15.02.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1201433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABORT

Muvaffaqqiyatsiz homila tushishi — gestatsiyaning 28-haftasigacha homilalik tuxumning tashqariga chiqarib yuborilmasidan homilaning bachadon ichida nobud bo’lishi.

Tasnifi


Xavf soladigan spontan abortning klinik ko’rinishi homilaning hayotchanligigacha (uni baholash kerak) bo’lgan davrda har qanday qon ketishlar bilan namoyon bo’ladi. Tekshiruvlar davomida homilaning yashashga qodirligi va gestatsiya boshqa muammolarsiz davom etishi mumkinligi aniqlanishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, homiladorlik davom etmayotganligini ta’riflash uchun muqobil sifatida quyidagi atamalar ham qo’llaniladi:

  • Anembrioniya— bu homilalik xaltasi normal rivojlanishda, embrional qism esa yoki yo’q, yoki juda erta muddatlarda o’sishdan to’xtaganligi holatidir. Boshqa nomi — bo’sh homilalik tuxumi;

  • Muqarrar abort — bu holatda bachadon bo’yni allaqachon kengaygan va ochilib bo’lgan, ammo homila hali itarib chiqarilmaganligini ifodalaydi. Qoida tariqasida, bu holat to’liq abortgacha davom etadi;

  • To’liq abort — barcha urug’lantirish mahsulotlarini (trofoblast, vorsinkalar, xorion, embrion, homila va hokazo) chiqarib tashlanishi;

  • Chala abort — to’qima tashqariga chiqqan, lekin homila yoki embrionning ayrim qismlari bachadon ichida qolishi;

  • Muzlagan (rivojlanmayotgan) homiladorlik — homila yoki embrionning o’lishi va uning tushmasligi.

Homila tushishi belgilari


Homila tushishining eng keng tarqalgan alomati qon ketishdan iborat (xavf soladigan abort). Gestatsiya paytida qon ketishidan shikoyat qilib tibbiy yordamga murojaat qilgan ayollarning yarmida spontan abort qayd qilinadi. Qolgan alomatlar abort bilan statistik jihatdan bog’liq emas.
Homila tushishi UTT yoki odam xorionik gonadotropini (oXG) darajasining seriyali o’lchovlari orqali aniqlanishi mumkin. Rivojlanayotgan bola hayot emasligi rasman tasdiqlansa, gestatsiyani tugatishning tibbiy usullari yordamida uni bachadondan chiqarib tashlash usullari qo’llanilishi mumkin.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling