- Aksariyat hollarda kasallikning rivojlanishiga pnevmoniya (zotiljam) va meningit (miya pardalarining yallig‘lanishi) kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriya – «Haemophilus influenzae» sababchi bo‘ladi. Bu turdagi mikrob odam organizmiga havo-tomchi yo‘li bilan tushishi mumkin. Ayrim hollarda mazkur mikrob burun bo‘shlig‘ida qulay vaqt kelguniga qadar saqlanishi mumkin.
- Yuqorida aytib o‘tilgan mikrobdan tashqari, kasallikning rivojlanishiga pnevmokokk, streptokokk, kandida zamburug‘i, chechak xastaligini keltirib chiqaruvchi varitsella zoster virusi ham sabab bo‘ladi. Ba’zi bir vaziyatlarda epiglottit shikastlanish sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari, u nafas yo‘llarining kuyishi (shu jumladan, issiq ovqat yoxud suyuqlikni iste’mol qilish) oqibatida ham rivojlanishi mumkin.
Epiglottit alomatlari - Ba’zi hollarda epiglottitdan avvalroq turli xil infeksiyalar tufayli yuqori nafas yo‘llarini zararlanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda xastalik juda tez rivojlanib 2-5 soat davomida hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi sababli nafas yo‘llari butunlay berkilib qoladi.
- Yuqori harorat, hushtaksimon nafas olish, tomoq qismining yallig‘lanishi, jizzakilik, betoqatlik, holsizlanish, nafas olishning qiyinlashishi epiglottitning asosiy alomatlari hisoblanadi. Dardga chalingan bemor biroz yengillik bo‘lishi uchun bo‘yin qismini cho‘zishga, og‘zini katta ochib o‘tirib olib boshini old tomonga egishga harakat qiladi. Bunda bemorning tili osilib turadi, burun bilan nafas olish paytida burun kataklari keskin ravishda shishib turadi. Kasallikni gemofilus inflyuense bakteriyasi keltirib chiqarganida bemorning tana harorati keskin oshadi, tomoq sohasida kuchli og‘riq seziladi. Bularga qo‘shimcha ravishda so‘lak bezi faoliyatining keskin kuchayishi, ovozning bo‘g‘ilib chiqishi, nafas olishning og‘irlashishi, kislorod yetishmovchiligi tufayli lablarning ko‘karib ketishini ham aytib o‘tishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |