Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
139
parrandalar organizmining umumiy qarshiligi va texnologik siklning turli bosqichlarida yuqumli 
kasalliklarning o‘ziga xos profilaktikasi samaradorligi pasaydi [ 3, 4, 11, 22]. Shuni inobatga olib
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan sintezlangan xitozan Bombyx
mori gidroksiapatit kompozitlarining immunomadulyatorlik xususiyatini o‘rganish maqsadida
broyler krosslarining n’yukasl hamda yuqumli bronxit kasalligiga qarshi emlangandagi hosil
bo‘lgan immunitetini yanada kuchaytirib berishini va organizmdagi kalsiy va fosforga ta’sirini 
hamda uning me’yorlarini aniqlash maqsadida adabiyot ma’lumotlaridan foydalanishdan iborat. 
Adabiyotlar tahlili. Xitozan Bombyx mori gidroksiapatit - xitozan bombyx mori va 
gidroksiapatit aralashmalari hisoblanadi. Xitozan bombyx mori - bu chiziqli polisaxaridning hosilasi 
bo‘lgan amino shakar, makromolekulalar tasodifiy bog‘langan b-(1-4) D-glyukozamin va N-asetil-
D-glyukozamindan iborat. Xitozan tut ipak qurtining xitinidan olinadi. Gidroksiapatit bu kaltsiy
va fosforning asosiy manbalaridan bo‘lib organizmni ushbu elementlar bilan ta’minlash
vazifasini bajaradi. 
Tabiiy kelib chiqishi biopolimer bo‘lgan “Xitozan” katta ilmiy qiziqish uyg‘otadi, 
shuningdek, 
broyler 
parrandachilikdan 
olingan 
mahsulotlar 
sifatini 
yaxshilaydigan
immunostimulyator sifatida qo‘llaniladi.
“Xitozan”- tabiatda keng tarqalgan organik birikmalardan biri bo‘lgan polisaxaridli tabiiy 
polimer. Uni ishlab chiqarish uchun xom ashyo xitin, qisqichbaqasimonlar epidermisning 
strukturaviy polisaxaridi, hasharotlar xitini va qo‘ziqorin hujayra devori hisoblanadi. Uni ishlab 
chiqarishning eng keng tarqalgan manbalari qisqichbaqasimonlarning qobiqlari (qisqichbaqalar va 
boshqalar) [16]. 
“Xitozan” biopolimeri yuqori sorbsiya qobiliyati, zaharli emasligi, yaralarni davolash 
qobiliyati, antikoagulyant, bakteriostatik va o‘smalarga qarshi faollik kabi xususiyatlarga ega. 
Bundan tashqari, u yaxshi flokulyant, emulsifikator, quyuqlashtiruvchi va tuzuvchidir. Xitin va 
xitozanning kimyoviy transformatsiyasidan strukturasi va xossalari jihatidan xilma-xil bo‘lgan 
materiallarni olish uchun foydalanishning keng imkoniyatlari bu polimerlarni xomashyoning eng 
qiziqarli turlaridan biriga aylantirdi. Hozirgi vaqtda “Xitozan” preparati va uning hosilalari, shu 
jumladan yaqinda olingan mikro- va nanoxitozanlarning 100 dan ortiq qo‘llash sohalari ma'lum [19]. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling