Key words: Chitosan, Bombyx mori, polysaccharide, hydrochiapatite, calcium, phosphorus,
broiler.
Kirish.
Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga moʻljallangan
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini
mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha
izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohani yanada jadal rivojlantirishga, jumladan, zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari
eksportini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolarni hal etishdan iborat
[1].
Bugun dunyodagi kabi mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda
parrandachilikni rivojlantirish muhim omil hisoblanib, aholini parhez parranda go‘shti va oqsilga
boy tuxum bilan ta’minlashda sohaning beqiyos o‘rni mavjud.
Shu sababli parrandashunoslar oldiga juda katta vazifalar yuklanadi: parrandalar bosh soni
va ulardan olinadigan mahsulot sifati va miqdorini oshirish, ularning irsiy potensialini
yaxshilash, parrandalarni saqlash va oziqlantirishning resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab
chiqish va joriy qilish va mahsulot birligiga sarf harajatlarni kamaytirish kabi vazifalarni
yuklaydi.
Parrandachilikni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri yosh parrandalarni ilg‘or
texnologiyalar asosida parvarishlash va saqlash hisoblanib, parrandalarning o‘sish va rivojlanishi
inkubatsiyaga qo‘yilgan tuxumning irsiy potensialiga va undan ochirilgan jo‘jalarni imkoniyatlari
darajasida to‘la qimmatli oziqalar bilan oziqlantirish va resurs tejamkor texnologiyalar asosida
saqlashga bog‘liq [2].
Tadqiqotning maqsadi. O‘tgan o‘n yilliklar davomida antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqa
dorilarni qo‘llash yuqumli patogenlar jamoasining sezilarli darajada o‘zgarishiga va ularning ta’siriga
qarshilikning keskin oshishiga olib keldi. Mikroorganizmlarning intensiv ta’siri natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: |