Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
152 bо‘lganligi kuzatildi. Tabiiyki, yuqori gomeostatik kо‘rsatkichlar Toshkent viloyati sharoitida olindi. Ushbu belgining namoyon bо‘lishiga о‘sish sharoiti katta ta’sir kо‘rsatgani aniqlandi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, о‘rganilayotgan tizmalar tola uzunligi bо‘yicha katta imkoniyatlarga ega. S.A. Eberhart va W.A. Rassell [5] tomonidan ishlab chiqilgan usul moslashuvchanligini aniqlashda kо‘p ishlatiladi, ushbu usul nafaqat genotipning moslashuvchanligini, balki uning barqarorligini ham aniqlashga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, о‘rganilgan belgilarning aksariyati о‘rtacha kо‘rsatkichlari va о‘zgaruvchanligi chegaralari orasida har xil yetishtirilayotgan sharoitlarda sezirarli farqlanish namoyon bо‘lmadi. 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan gomeostatik kо‘rsatkichlar kо‘proq ma’lumotga ega ekanligini kо‘rish mumkin. Shunday qilib, Surxondaryo viloyati sharoitida tizmalar orasida bitta kо‘sakdagi paxta vazni gomeostatik kо‘rsatkichi farq qilmadi, Toshkent viloyati sharoitida esa T-51 tizmada yuqori kо‘rsatkichlar qayd etildi. Eng past tola chiqimi gomeostatik kо‘rsatkichi Surxondaryo viloyati sharoitida T-52 tizmasida kuzatildi. T-51 tizmani tola chiqimining gomeostatik kо‘rsatkichi, о‘sish sharoitga bog‘lanmagan holda, bir xil darajada 827-877 ni tashkil etdi. 1000 chigit vazni belgining gomeostatik kо‘rsatkichi, Toshkent viloyati sharoitida о‘rganilgan tizmalarda bir xil darajada bо‘lib, Surxondaryo viloyati sharoitida T-51 tizma eng yuqori kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgani qayd etildi. Shunga о‘xshash natijalar tola indeksi belgi bо‘yicha ham kuzatildi. Toshkent viloyati sharoitida olingan tola uzunligini gomeostatik kо‘rsatkichlari, Surxondaryo viloyati sharoitiga nisbatan biroz yuqori bо‘ldi. Tola uzunligining eng yuqori gomeostatik kо‘rsatkichlari T-51 tizmasida Toshkent viloyati sharoitida qayd etildi. Xulosa. Olingan tadqiqot natijalari asosida quyidagicha xulosa qilish mumkink, о‘rganilgan T- 51 va T-52 tizmalari yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga egaligi va Surxondaryo viloyati sharoitida о‘z kо‘rsatkichlarini saqlab qoldi. T-51 tizmaning bitta kо‘sakdagi paxta vazni kо‘rsatkichlari yetishtirish sharoitga bog‘langan holda katta farqlanish kuzatilmadi va T-52 tizmada Surxondaryo viloyati sharoitida ushbu belgining о‘rtacha kо‘rsatkichlari bir muncha pastroq bо‘ldi. Ushbu belgi T-51 tizmada yetishtirish sharoitiga bog‘langan holda eng barqaror bо‘ldi. Tola chiqimi kо‘rsatkichning о‘zgaruvchanlik darajasi о‘rganilayotgan tizma va yetishtirish sharoitlarga qarab deyarli farq qilmadi. T-51 tizmaning aksariyat qimmatli xо‘jalik belgilarning gomeostatik kо‘rsatkichlari bir muncha yuqori bо‘ldi. Bu esa T-51 tizmaning moslashuvchanlik qobiliyati T-52 tizmaga nisbatan yuqori bо‘lganligini namoyon etadi. Gomeostatik kо‘rsatkichi seleksiya ashyolarining moslashuvchanligini aniqlashda eng muhim ma’lumot ekanligi qayd etildi. Amaliy seleksiya uchun T-51 va T-52 ingichka tolali g‘о‘za tizmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling