Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

Kalit soʻzlar: yumshoq bugʻdoy, seleksiya, tanlash, nav, tizma, hosildorlik. 
Аннотация. В данной стате в конкурсном селекционном питомнике изучено 20 сортов 
и линий мyaгкой пшеницы, отбор проводилсya по длине колоса, количеству колоса, 
показателyaм продуктивности. 
Ключевые слова. мягкая пшеница, селекциya, отбор, сорт, образес, урожайност. 
Abstract. In this article, 20 varieties and lines of soft wheat were studied in a competitive 
breeding nursery, selection was carried out according to spike length, number of spikes, productivity 
indicators. 
Keywords: breed wheat, 
selection, select, variety, sample, line yield. 
 
Kirish. Markaziy Osiyoda xususan Oʻzbekistonda aholi soninig ortib borishi natijasida, non va 
non mahsulotlariga boʻlgan talab yildan-yilga ortib bormoqda, shu sababli yuqori hosildor va don 
sifati va nonbobligi yuqori boʻlgan bugʻdoy navlarini yaratish olimlarimiz oldida turgan ustivor 
vazifa hisoblanadi [2]. 
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra har bir kishi yil davomida o‘rtacha 133 kg g‘alla (bug‘doy) 
donini iste’mol qiladi. Bu raqam bizning respublikada 160-170 kg tashkil qiladi. Bu boshqa 
mamlakatlardagiga qaraganda ko‘p. Ushbu iste’mol qilinayodgan bug‘doy doning sifati past 
bo‘lganligi sababli sifatli unni import qilinayodgani barchamizga sir emas. 
Shu sababli sug‘oriladigan maydonlarda еtishtirish uchun yuqori mahsuldor, tashqi muhitning 
noqulay omillariga chidamli va eng muhimi, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi kuzgi 
yumshoq bug‘doy navlarini yaratish maqsadga mevofiq. 
Bu borada, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti sugʻoriladigan maydonlarda ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borish buyicha Qarshi boʻlimi dala tajriba maydonida yumshoq bugʻdoyning 
raqobatli navsinash koʻchatzori tashkil qilingan boʻlib, yangi navlarni yaratish uchun seleksiya ishlari 
amalga oshirilmoqda. 
Tadqiqot obyekti sifatida yumshoq bugʻdoyning 20 ta konstant holatga kelgan tizmalari 30 m

maydonda sinovdan oʻtkazildi. Andoza nav sifatida sugʻoriladigan maydonlar uchun katta maydonga 
ekiladigan yumshoq bugʻdoyning Grom, Gʻozgʻon, navlari olindi. 
Hosildorlik bir xil boʻlganligi bilan uning strukturaviy tuzilishi har xil boʻlishi mumkin va 
maxsuldorlikni oshirishda tizmalarga qoʻyilayotgan talab oʻzgachadir. [1] 
Bugʻdoy seleksiyasida mahsuldorlikni belgilab tanlab olishda asosan 3 xil belgiga eʼtibor 
beriladi: yirik boshoqli va oʻrta boshoqli oʻsimlikka, mahsuldor tuplanishga, don yirikligiga. Bizning 
tadqiqotlarimizda har bir belgiga alohida etibor berildi. 
Bug‘doy o‘simligi bo‘y 3 guruhga; baland bo‘yli (100 sm dan baland), kalta bo‘yli (80-100 sm) 
va pakana bo‘yli (80 sm dan past) turlarga bo‘linadi. 
Nav va tizmalarning bo‘yi genetik hususiyatlariga kiradi. Yillik yog‘in miqdori va 
temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Tajribadagi nav va tizmalar bo‘yi 77,3–107,0 sm oraliqda bo‘lganligi 
qayd qilindi.
Andoza Grom navining bo‘yi 81,7 sm ni tashkil qildi. G‘ozg‘on navida o‘simliklar bo‘yi 106,7 
sm ni tashkil qildi. Nav va tizmalardan nisbatan uzun bo‘yli va yotib qolishga chidamli tizmalar tanlab 
olindi va seleksiya ishlariga jalb qilindi. Nav va tizmalar orasida 10 ta tizma uzun bo‘yli ekanligi, 9 
ta tizma o‘rta bo‘yli o‘simliklarga kirishi aniqlandi. Pakana bo‘yli tizmalar 1 ta ni tashkil qildi. 
O‘rganilgan nav va tizmalarda oxirgi bo‘g‘in uzunliklari 30,7–43,0 sm oraliqda bo‘lganligi 
kuzatildi. Andoza G‘ozg‘on navida oxirgi bo‘g‘in uzunligi 39,0 sm ni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich 
Grom navida 36,0 sm ni tashkil qilganligi biometrik o‘lchov natijalariga ko‘ra aniqlandi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling