Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
Keywords. weight of one boll, boarder of variation, gomeostatic indexes, fiber output, fiber
index, fiber length. Dunyo miqyosida asosiy e’tibor, g‘о‘zaning turli stress omillarga tabiiy bardoshli, hosildor va tola sifati yuqori bо‘lgan yangi navlarni yaratishga qaratilgan. Mamlakatimiz xalq xо‘jaligining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va yengil sanoatining tola sifatiga bо‘lgan talabini ortishi, seleksioner olimlardan tola hosildorligi va sifat kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan boshlang‘ich manbalardan foydalanishni taqozo etmoqda. G‘о‘zaning G.barbadense L. turiga mansub duragaylarida qimmatli xо‘jalik belgilari orasida о‘zaro bog‘liqni о‘rganish asosida, g‘о‘zaning ingichka tolali yangi nav, tizma va boshlang‘ich ashyolar yaratish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Sо‘nggi yillarda mamlakatimiz paxtachiligida nafaqat о‘rta tolali g‘о‘za navlari, balki ingichka tolali g‘о‘za navlarini yetishtirish alohida о‘rinni egallagan. Noqulay ekologik omillarga bardoshlilik seleksiya tegishli manbaning mavjudligini, manbani va seleksiya ashyolarini о‘rganish uchun sun’iy ravishda yaratilgan turli xil sharoitlardan foydalanishni, uni keng ekologik sinovdan о‘tkazishni va seleksiya ashyolarini har tomonlama baholashni nazarda tutadi. Noqulay va, ayniqsa, ekstremal sharoitlarda hosilning hajmi va sifatining о‘sishi, birinchi navbatda, navlarning noqulay ekologik omillarga chidamliligini oshirishga bog‘liq. S.T. Jо‘rayev, Sh.E.Namazov [1], mualliflarning ma’lumotlariga kо‘ra, qishloq xо‘jalik о‘simliklarining moslashuvchanligi bilan, ya’ni ularning chidamliligi, zarar yetkazadigan ekologik omillarning ta’siriga qarshi turish qobiliyati ularning mahsuldorligini oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Umuman olganda, hosilning 25 foizi yetishtirilgan navlarning genetik xususiyatlari bilan belgilanadi. T.V. Borisovning [2] sо‘zlariga kо‘ra, hosilni kо‘paytirishda genotipning tutgan о‘rni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling