___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
148
bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli o‘rtacha hosildorlik juda past. Turli agrotexnik usullar orasida
ekish vaqti mosh donida hosildorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi. Ekish vaqtining
urug‘lik hosildorligiga sezilarli ta’siri mosh donida aniqlangan [4].
Ko‘pgina ma’lumotlarda keltirilishicha, tuproq unumdorligi va xosildorligini oshirishda
takroriy ekinlarni axamiyati katta, chunki don-dukkakli ekinlar takroriy ekin sifatida ekilganida sifatli
don olish bilan birga o‘zidan keyin ekiladigan ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh xisoblanadi [5].
Butunjahon Sabzavotchilik markazi (Tayvan) dan keltirilgan tizmalar tadqiqotlarda o‘rganildi.
Mosh nav-namularining morfo-xo‘jalik hamda biometrik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, baholash
ishlari olib borildi.
Tadqiqot obyekti va uslublari. O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksprimental biologiyasi
institutining “Do‘rmon” tajriba stansiyasining tipik tusli bo‘z tuproqlari, moshning mahalliy va
xorijdan keltirilgan namunalari tadqiqot obyekti hisoblanadi. Tajriba davomida biometrik tahlillar
qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubi asosida, statistik tahlillari esa
B.A. Dospexov uslubida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqotimizda moshning xorijdan keltirilgan 24 ta
namunalari hamda andoza sifatida mahalliy Durdona navi tanlab olinib, 1 ta o‘simlikdagi dukkaklar
soni, dukkaklardagi don soni, dukkak og‘irligi, shuningdek, 1000 dona don vazni hamda o‘rtacha
hosildorliklari kabi biometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi (1-rasm).
1-rasm. Mosh nav namunalarining biometrik ko‘rsatkichlari - 1 dona dukkak og‘irligi bo‘yicha
1 dona dukkak og‘irligi Barqaror (1.44±0.03 gr, populyatsion tebranish darajasi 0.17), Tizma
18 (1.38±0.04 gr, populyatsion tebranish darajasi - σ 0.25), Baraka (1.19±0.02 gr, populyatsion
tebranish darajasi - σ 0.10) namunalarida yuqori ekanligi, hamda Tizma 19 (0.94±0.03 gr,
populyatsion tebranish darajasi σ 0.19), Tizma 1 (0.96±0.02 gr, populyatsion tebranish darajasi σ
0.13), Tizma 6 (0.89±0.01 gr, populyatsion tebranish darajasi σ 0.08), namunalarida nisbatan kam
ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |