XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
149
Tadqiqot davomida 1 ta dukkakdagi don soni ham o‘rganilib, yuqori ko‘rsatkichlar Tizma 6 va
Baraka nav-namunalarida 12.30±0.19 dona, populyatsion tebranish darajasi σ 1.25, Tizma 18 va
Tizma 1 12.20±0.27 va Barqaror navida 11.7±0.0.23 dona, populyatsion tebranish darajasi σ 1.49,
Tizma 19 11.10±0.17 dona, populyatsion tebranish darajasi σ 1.10 namunalarida qayd etildi (2-rasm).
Yuqoridagi Tizmalarda tahlil qilingan natijalar andoza nav ko‘rsatkichlaridan ustun ekanligi
aniqlandi.
3-rasm. Mosh nav namunalarining 1000 dona don og‘irligi ko‘rsatkichlari
Qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlaridan biri 1000
dona don og‘irligi hisoblanadi. Shunga muvofiq holda mosh namunalarining bu ko‘rsatkichi ham
o‘rganildi. Barqaror (83,4 gr), Tizma 18 (79,6 gr), Baraka (71.2 gr), Tizma-19 (64.3) namunalarida
bu ko‘rsatkich andoza nav va boshqa tizmalardan ham yuqori ekanligi aniqlandi (3-rasm).
4-rasm. Mosh nav namunalarining hosildorlik (o‘rt. t/ga) ko‘rsatgichlari
O‘tkazilgan tadqiqot natijasida qaytariqlardan olingan hosildorlikdan
kelib chiqib, o‘rtacha bir
gektardagi hosili aniqlandi. Bunda eng yuqori hosildorlikni Baraka (2,658 t/ga), Barqaror (2.875 t/ga),
Tizma 19 (3.008 t/ga) hamda Tizma 18 (3.258 t/ga) namunalari ko‘rsatdi. Bu nav-namulalarda andoza
naviga nisbatan hosildorliklari yuqori bo‘ldi (4-rasm).
Tadqiqot natijalaridan
kelib chiqqan holda, Baraka,
Barqaror, Tizma 19, Tizma-18
namunalari
hosildorlik ko‘rsatkichlari andoza nav va o‘rganilayotgan boshqa namunalardan baland bo‘ldi.
Hosildorlik ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bo‘yicha Barqaror, Tizma 13, Tizma 17 namunalari
aniqlandi. Ushbu tajribalar natijasida mexanizatsiyalashgan yig‘im-terim uchun (dukkaklarining bir
vaqtda pishishi hamda chatnab ketmasligi) yaroqli, tik o‘suvchanligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga
ega Tizma-19 namunasi seleksiya ishlari uchun tanlab olindi. Hozirda bu namunalar ko‘rsatkichlari
ustida ham ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kelgusi ishlarimiz davomida bu namunalarni
seleksiya ishlariga jalb qilib, respublikamiz sharoitiga mos bo‘lgan yangi hosildor navlarni yaratish
ustida tajribalar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: