Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
A.B.Elmurodov, kichik ilmiy xodim, Genetika va O’EB instituti, Toshkent
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
A.B.Elmurodov, kichik ilmiy xodim, Genetika va O’EB instituti, Toshkent
Annotatsiya. Kolleksiya ko‘chatzoridan moshning biometrik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan nav-namunalari tanlab o‘rganildi. Seleksiya jarayonida dastlab xosildorlik ko‘rsatgichlaridan bir dona dukkak, don soni, 1000 dona don vazni xamda 1 ga hosildorlik ko‘rsatgichlari standart navga nisbatan taqqoslab o‘rganilib qiyosiy taxlillar o‘tgazildi. Kalit so‘zlar: Mosh, nav, don, liniya, hosildorlik, dukkak. Annotatsiya. Аннотация: сортовые образцы маша с высокими биометрическими показателями были выборочно изучены из питомника коллекции. В процессе селекции были проведены сравнительные анализы, в ходе которых первоначально были изучены показатели урожайности, количество зерен, масса 1000 семян и показатели урожайности на 1 га по сравнению со стандартным сортом. Ключевые слова: маш, сорт, зерно, линия, урожайность, боб. Abstract. Varietal samples of mungbean with high biometric indices were selectively studied from the collection nursery. In the process of breeding comparative analyses were carried out, during which initially were studied yield indicators, number of grains, 1000 seed weight and yield indicators per 1 ha compared with standard variety. Keywords: mungbean, variety, grain, line, yield, bean. Mosh - o‘tsimon va shoxli o‘simlik bo‘lib, suvli poyasi ichi bo‘sh. Mosh o‘simligining barglari yashil va uch bargli, gullari sarg‘ish va dukkaklari jigarrang, har bir novda 10-12 urug‘dan iborat. Urug‘i yashil va yumaloq shaklga ega. Mosh o‘simliklari kamroq miqdorda o‘g‘it talab qiladi, chunki ularning o‘simliklari ildizlarida nodullar mavjud. U kuchli ildiz tizimiga ega va atmosfera azotini o‘g‘it sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ammiakga biriktirish qobiliyatiga ega [1]. Samarqand viloyati sharoitida N.Ravshanova, N.Xalilovlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda moshning Pobeda-104 navi maqbul ekish me’yori (45x12 sm) -185,2 ming dona/ga sxemada ekilganida 91,0 ts/ga ni tashkil etgan. Birok, o‘simlikning ko‘chat qalinligi oshgan sayin bosh poya balandligi o‘sib, dukkaklari, doni, bargi va ildizidagi tuganaklari soni kamaygan. Oxirgi yillarda kuzgi boshoqli don ekinlari ang‘izida mosh yetishtirib, uning samaradorligini o‘rganish soxasida muhim ishlar amalga oshirilmokda. Ushbu ilmiy ishlarda kuzgi bug‘doy ang‘iziga takroriy ekin sifatida moshni erta muddatlarda va me’yoriy ko‘chat qalinligida ekilsa, moshdan 17-19 ts/ga don hosili olish mumkinligi isbotlangan [2;3]. Fermerlar uchun ma’qul navni tanlash, ekish va tegishli agrotexnik usullardan foydalanish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling