Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Key words: Jizzakh region, Cousinia Cass, flora, endemic, species, genus


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

Key words: Jizzakh region, Cousinia Cass, flora, endemic, species, genus. 
 
Kirish. Cousinia Cass. turkumi turlari Pomir Oloyning janubiy qismi hisoblangan Nurota
Turkiston, Hisor va Zarafshon tizmalarida keng tarqalgan. Ilmiy manbalarda keltirilgan 
ma’lumotlarga ko’ra, turkumning Eron-Turon florasida 77-80 seksiyaga mansub 591 turi tarqalgan. 
O.N. Cherneya (1974) turkum turlarining tarqalishini bir-biridan yaxshi ajraladigan g‘arbiy va 
sharqiy tur hosil bo‘lish markazlariga bo‘lgan. Arealning g‘arbiy qismida 251 tur tarqalgan bo‘lib, u 
o‘z navbatida 4 ta tur hosil bo‘lish markazlariga ega: 1. Antropaten. 2. Qurdiston. 3. Markaziy-
Janubiy Eron. 4. Xuroson-Kopetdog. Sharqiy qismida esa 340 tur tarqalgan bo‘lib, ular 3 ta tur hosil 
bo‘lish markazlariga ega: 1. Pomir-Oloy va Shimoliy Afg‘oniston. 2. Janubiy indikush (Janubiy 
Afg‘oniston). 3. Janubi-G‘arbiy Tiyonshon. Cousinia turkumining faqatgina 16 turi g‘arbiy va 
sharqiy mintaqalarda tarqalgan. Jizzax viloyati (Turkiston) sharqiy mintaqaning Pomir-Oloy va 
Shimoliy Afg‘oniston markazi hududiga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqot ob’yekti. So‘ngi yillarda Jizzax viloyatidagi tabiiy hududlarda qator botanik 
tadqiqotlar (Tirkasheva, 2011; Botirova, 2012; Esanqulov, 2012; Beshko, 1998; Azimova, 2018) olib 
borilgan bo‘lsada, maqsadli ravishda Cousinia turlarining tarqalishi, bioekologik xususiyatlarini 
o‘rganish borasida tadqiqot ishlari olib borilmagan [1]
Mazkur turkum turlarining bioekologik xususiyatlarini, o‘simlik qoplamidagi o‘rni, kamyob 
turlari va ahamiyatini o‘rganish dolzarb masalalardan biri sanaladi.


 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
20
Tadqiqot metodlari. Dala tadqiqotlari marshrutli metod asosida olib borildi. Tadqiqotlar 
davomida yig‘ilgan gerbariy namunalari “Flora Uzbekistana” va “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” 
[2] ilmiy manbalari asosida aniqlandi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling