Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 36
- Key words
Ключевые слова: рыба, белки, дистрофия, патологические анатомические изменения,
некроз, диспротеинемия, гипопротеинемия. Abstract. The main causes of protein metabolism disorders in fish are the poor quality of the feed, the lack of proteins and vitamin A, the lack of appetite, growth and development in fish due to non-compliance with the feeding procedure, darkening of the skin, darkening of the scales, pathological growth in the eye area. changes, slows down the movement, causes a violation of the metabolism of proteins and fats. ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 36 During the pathologoanatomical examination of fish, signs such as an increase in internal fat, fat covering the liver, dystrophy of parenchymatous organs, and thickening of the stomach wall are observed. Key words: fish, proteins, dystrophy, pathological anatomical changes, necrosis, dysproteinemia, hypoproteinemia. Kirish. Respublikamiz aholisini baliq va baliq go‘shtiga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida baliqchilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida jadal rivojlantirish, sohada rentabellikni oshirishni taqoza etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3657-son qarorida baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarni ko‘paytirish, ularda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, sohada seleksiya-naslchilik ishlari, baliqlarni oziqlantirish, shuningdek, baliqlar kasalliklarining oldini olish va ularni davolash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu dolzarb vazifalarni bajarishda baliqlarning yuqumsiz kasalliklari, jumladan oqsillar almashinuvi buzilishlari katta tusqinlik qilmoqda. Baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishi ularda o‘sish va rivojlanishning pasayishi, ko‘payish xususiyatlarining buzilishi va ularning yuqumli kasalliklarga moyilligining ortishi bilan kechadi. Baliqlarning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji boshqa qishloq xo‘jaligi hayvonlariga qaraganda ancha yuqori bo‘lib, oqsillarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj baliq turiga va yoshiga bog‘liq bo‘ladi [1]. Karpsimonlar uchun ozuqaning 31-38%, forel uchun 35-40%, osyotrsimonlar uchun 38-40%, afrika laqqasi va mahalliy daryo laqqasi uchun 40-42% ni oqsillar tashkil qilishi kerak, yosh baliqlarda esa 50% gacha talab qilinadi. Asosan yosh baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilganda dastlab ishtahaning pasayishi simptomi kuzatiladi [2,5]. Kasallik surunkali kechganda uzoq vaqt davomida (1,5 oy yoki bundan ko‘p vaqtdan keyin) klinik belgilar namoyon bo‘la boshlaydi. Baliqlar o‘sish va rivojlanishdan ancha ortda qoladi, baliq organizmida disproteinemiya kuzatilishi mumkin [3,4] Afrika laqqa baliqlarida oqsillar almashinuvi buzulganda oshqozonda turli xil anomaliyaga (oshqazon devorining qalinlashishi, oshqozon yarasi va nekroziga) sabab bo‘ladi, va baliqlarni o‘sishdan qolishiga olib keladi [4]. Organizmda almashinmaydigan aminokislotalarni ortib ketishi yoki ular nisbatining buzilishi jigarning yog‘li distrofiyasiga sabab bo‘lib, oqsillar yetishmaganda jigar, yurak, buyrak va boshqa hayotiy ahamiyatga ega organlarida distrofik jarayonlarni namoyon bo‘lishiga olib keladi [3,4]. Baliqlar organizimida oqsillar almashinuvi buzilishlarini sabablaridan biri bo‘lgan vitamin A ning baliq organizimida yetishmasligi hioblanadi. A vitamin oqsillar almashinuvi jarayonini muvofiqlashtiruvchi vitamin hisoblanadi. Baliq organizimida kechayotgan moddalar almashinuvi jarayonining xar biri oqsil almashinuviga tasir ko‘rsatmasdan qolmaydi[1] Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling