Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Olingan natijalar va ularning tahlili


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on 
tumanidagi “Aminjon Faruxbek” (1- xo‘jalik), Narpay tumanidagi “Narpay Quvonchbek” (2- 
xo‘jalik) Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga qarashli “Autsayder Fish” (3- xo‘jalik) 
baliqchilik fermer xo‘jaliklarida o‘tkazildi. Kuzatishlar bir xil yoshdagi (1 yillik) karp baliqlarida 
amalga oshirildi. Xo‘jalikdagi baliqlarning saqlash va oziqlantirish sharoitlari o‘rganildi.Tajribadagi 
baliqlar tana vazni va ularda patologoanatomik o‘zgarishlar aniqlandi.
Baliqchilik xo‘jaliklarida asosan karp baliqlariga arpa, bug‘doy, bug‘doy kepagi va turli xil 
omuxta yemlar beriladi. Xo‘jalikda mavjud bo‘lgan ozuqalar ko‘zdan kechirilganda mog‘orlagan va 
eskirgan ozuqalarning mavjud ekanligi aniqlandi. Namuna uchun har bir xo‘jalikdan 30 boshdan 
baliqlar olindi va ularning tana vazni o‘lchab ko‘rilganda 1- xo‘jalikning baliqlaridan, 6 ta baliqning 
tana vazni o‘rtacha 1kg dan ziyod, 7 ta baliqning tana vazni 0,9kg gacha, 10ta baliqda 0,7 kg gacha 
va 7 ta baliqning tana vazni 0,5kg dan kam ekanligi aniqlandi. E’tiborli jihati shundan iboratki, 
baliqlar bir-xil yoshda bir-xil sharoitda boqilgan bo‘lsada ularning tana vazni turlicha ekanligi 
aniqlandi. 2-xo‘jalikda o‘stirilayotgan baliqlarni tana vazni o‘lchab ko‘rilganda 4 donasi o‘rtacha 1kg 
dan yuqori, 12 donasi 0,8 kg gacha, 14 donasi esa o‘rtacha 0,6 kg gacha ekanligi aniqlandi. 3-


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
37
xo‘jalikda olib borilgan tekshirishlar natijasida 30 bosh baliqdan 8 ta baliqning tana vazni o‘rtacha 
1kg gacha, 14 ta baliqning tana vazni 0,8 kg gacha va 8 ta baliqning tana vazni esa 0,6 kg gacha 
ekanligi aniqlandi. Tatqiqotlar davomida baliqlarda oqsillar almashinuvining buzilishining klinik 
belgilari namoyon bo‘lganligi aniqlandi: bular tekshirilgan baliqlarning bir-xil yoshda bir-xil 
sharoitda o‘stirilishiga qaramay tana xajmining xar-xilligi, trik vaznining keskin farq qilishi
rivojlanishdan orta qolgan baliqlarni harakatchanligining sustligi, ishtahasining pastligi kabi klinik 
belgilar hisoblanadi.
Klinik tekshirishlar natijasida ko‘z shox pardasining xiralashuvi, ko‘z to‘qimasida qon
qo‘yilish, ekzoftalmiya, jabra qanotlarining shaklsizlanishi, teri pigmentining yo‘qolishi va teri 
qatlamining o‘zgarishi va tangachalarnng yaltiroqliligini kamayishi kabi o‘zgarishlar aniqlandi. 
Karp baliqlarining sifatsiz va balanslashmagan ozuqalar bilan oziqlantirilishi natijasida baliqlar 
orasida oqsil moddasining baliq organizmiga yetishmasligi natijasida (disproteinemiya) paydo 
bo‘ladigan klinik belgilarning mavjudligi aniqlandi. Patologoanatomik tekshirishlar natijasida uchala 
xo‘jalikda parvarish qilinayotgan karp baliqlarida oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida jigarda 
yog‘ning to‘planishi, ichki a’zolarning distrofiyaga uchrashi, yog‘ almashinuvining izdan chiqishi va 
ko‘p miqdorda yog‘ to‘planib qolishi, hamda oshqozon devorining qalinlashib hajmining 
kattalashganligi aniqlandi. 
Oqsillar almashinuvi buzilishlari intensiv usulda boqilayotdan baliqlar orasida keng tarqalgan. 
Baliqlarda oqsillar almashinuvining buzilishi asosan noto‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa tarkibida oqsilning 
kamligi yoki me’yoridan ortiqligi oqibatida kelib chiqadi. Ozuqa tarkibida vitaminlarni yetishmasligi 
ham oqsillarning sentizlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [1]. 
Bizning ilmiy tadqiqotlarimizda baliqlar qonidagi retinol miqdori o‘rtacha 1- xo‘jalikda 
o‘stirilayotgan baliqlar qonida 39,3±0,8 mmol, 2- xo‘jalikdagi baliqlar qonida 37,5±0,5 mmol 3- 
xo‘jalikdagi baliqlar qonida esa 40,8±0,6 mmol ni tashkil (me`yor 46-52 mmol) etdi.

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling