Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi.Tuproqda yetarli darajadagi optimal namlik va 
cheklangan namlik sharoitda o‘simlikning suvdan foydalanish imkoniyati bilan barglardagi suv 
miqdorida sezilarli darajada farq yuzaga keladi. O‘rganilgan makkajo‘xori o‘simliklari navlarida 
barglarda suvning o‘rtacha miqdori optimal namlik sharoitida 72,6-75,5% oralig‘ida bo‘lsa, 
cheklangan namlik sharoitida esa 69,3-72,6% ekanligi aniqlandi. Bunda moslashuvchanlik 
koeffitsienti o‘rtacha 4,0% ga teng bo‘ldi.
Olingan natijalarga ko‘ra, optimal namlik sharoitida makkajo‘xori barglaridagi umumiy 
suvning maksimal miqdori Muxabbat navida aniqlangan bo‘lib, bunda 75,5%, eng minimal 
ko‘rsatkichi esa cheklangan namlik sharoitida K-2727 navida 69,3% ko‘rsatkich qayd etildi. 
O‘rganilgan navlar orasida eng yuqori ta’sirchanlik K-2727 navida bo‘lib, bunda moslashish 
koeffitsienti 4,5% ni tashkil etdi. Muxabbat va O‘zbekiston -601 navida 3,8 % bo‘ldi.
Olib borilgan tajribalarda aniqlanishicha, makkajo‘xori barglaridagi umumiy suv miqdoriga 
optimal va cheklangan namlik sharoitidadan tashqari, tuproq sho‘rlanishi ham sezilarli darajada ta’sir 
qilgan. O‘rganilgan makkajo‘xori navlari barglaridagi umumiy suv miqdori, tuproq sho‘rlanishi 
darajasining ortishi bilan uning miqdori kamaygan. Ya’ni, bunda tuproq sho‘rlanmagan muhitda 
maksimal suv miqdori 74,5% ko‘rsatkich bilan Muxabbat navida aniqlangan bo‘lsa, minimal 
ko‘rsatkich esa sho‘rlangan tuproq sharoitidagi K-2727 navida aniqlanib, bunda 68,4% ko‘rsatkich 
qayd etildi. Moslashuvchanlik koeffitsienti esa o‘rtacha 4,3% bo‘ldi. 
Olingan natijalarga ko‘ra, sho‘rlanmagan sharoitda makkajo‘xori barglaridagi umumiy suvning 
maksimal miqdori Muxabbat navida aniqlangan bo‘lib, bunda 74,5%, shu sharoitdagi eng minimal 
ko‘rsatkich esa K-2727 navida 71,4% ko‘rsatkich qayd etildi. O‘zbekiston -601 navida esa bu 
ko‘rsatkich 71,9% bo‘ldi.
Sho‘rlangan sharoitda esa, barglardagi umumiy suv miqdorida pasayish kuzatildi, bunda, 
maksimal miqdor Muxabbat navida aniqlangan bo‘lib 71,0%, shu sharoitdagi eng minimal 



Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling