Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
51 ko‘rsatkich esa K-2727 navida 68,4% bo‘ldi. O‘zbekiston -601 navida esa bu ko‘rsatkich 69,0% ni tashkil etdi. Eng ta’sirchan nav Muxabbat navi bo‘lib, ushbu navda moslashuvchanlik koeffitsienti 4,6 % ni tashkil etdi. O‘zbekiston -601 va K-2727 navlarida mos ravishda 4,0% - 4,2% bo‘ldi. Suv ta’minoti nuqtai nazaridan noqulay sharoitda makkajo‘xori o‘simligining o‘sish va rivojlanish hususiyati pasayishiga, barglarning sarg‘ish bo‘lishi va gullarining to‘kilishi bilan namoyon bo‘ladi. Makkajo‘xori o‘simligining suv bilan ta’minlanishining ko‘rsatkichlaridan biri barglarning hujayra shirasi konsentratsiyasidir. Bunda makkajo‘xori o‘simligining suv tanqisligini baholash ham mumkin. Hujayra shirasining konsentratsiyasi o‘simliklarning suv rejimi holatining sezgir ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Hujayra shirasining konsentratsiyasi o‘simliklarning atrof-muhit sharoitlariga ekologik moslashuvi bilan ma’lum darajada bog‘liq bo‘lib, u o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ya’ni, tuproq namligi ortishi bilan o‘simlik bargining hujayra shirasi konsentratsiyasi kamaygan, tuproq suvsizlangan sari esa hujayra shirasi konsentratsiyasi oshgani qayd etildi. Makkajo‘xori bargi hujayra shirasining konsentratsiyasi va tuproq namligining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqli mavjudligi kuzatildi. Tuproq namligining kamayishi hujayra shirasi konsentratsiyasining oshishiga olib keldi va aksincha, ya’ni sug‘orish hujayra shirasi konsentratsiyasining pasayishiga olib keldi. Makkajo‘xori o‘simligi sug‘orish rejimining optimal variantida hujayra shirasi konsentratsiyasining eng minimal va maksimal qiymatlari navlar kesimiga ko‘ra o‘rtacha 12,7-14,4% ni tashkil etdi, bu mos ravishda K-2727 va Muxabbat navlari, O‘zbekiston -601 navida esa bu ko‘rsatkich 13,2% bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich cheklangan namlik sharoitida K-2727 va Muxabbat navlari - 14,5-16,4% ni tashkil etdi, O‘zbekiston-601 navida esa bu ko‘rsatkich 15,6% bo‘ldi. Moslashuvchanlik koeffitsienti 15,4% atrofida bo‘lib, cheklangan namlik ta’sirida eng moslashuvchanlikni K-2727 va Muxabbat navlari 14% ko‘rsatkich bilan qayd etdi, O‘zbekiston -601 navlari esa 18,2% edi. Bundan tashqari, makkajo‘xori o‘simligi hujayra shirasi konsentratsiyasi miqdoriga tuproqning sho‘rlanishining ham ta’siri aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, makkajo‘xori barglarida hujayra shirasining quyuqlik darajasi sho‘rlanish ta’sirida, navlar kesimiga ko‘ra turlicha miqdorda oshganligi qayd etildi. Olingan natijalarga ko‘ra, sho‘rlanmagan sharoitda makkajo‘xori barglarida hujayra shirasi konsentratsiyasining maksimal miqdori Muxabbat navida aniqlangan bo‘lib, bunda 14,9 %, ushbu muhitdagi eng minimal ko‘rsatkich esa K-2727 navida 13.1% ko‘rsatkich qayd etildi. O‘zbekiston -601 navida esa bu ko‘rsatkich 13,8% ni tashkil etdi. Sho‘rlangan tuproq sharoitida esa barglardagi hujayra shirasi konsentratsiyasi nisbatan yuqori ko‘rsatkich kuzatildi bunda, maksimal miqdori Muxabbat navida aniqlangan bo‘lib, bunda 17,6%, eng minimal ko‘rsatkich esa K-2727 navida 15,1% qayd etildi. O‘zbekiston -601 navida esa bu ko‘rsatkich 16,2% ni tashkil etdi.Moslashuvchanlik koeffitsienti K-2727 navi 15,3% ko‘rsatkich bilan cheklangan namlik ta’sirida eng moslashuvchanlikni ko‘rsatdi, Muxabbat va O‘zbekiston -601 navlari esa 18,2-17,3% edi. Turli namlik sharoitlarda (optimal va cheklangan namlik sharoiti hamda tuproq sho‘rlanishi muhitida) suv tanqisligining atrof-muhit parametrlariga bog‘liqligini o‘rganishda quyidagilar aniqlandi: turli Makkajo‘xori navlari barglaridagi suv tanqisligining o‘rtacha ko‘rsatkichi mavsum davomida turli namlik sharoitida 12,4-18,0% atrofida, sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarda ta’sirida esa 13,1-18,0 oralig‘ida ekanligi aniqlandi. Jumladan, optimal namlik sharoitida suv tanqisligining maksimal ko‘rsatkichi K-2727 navida aniqlandi, bunda 14,9% edi, shu muhitdagi minimal ko‘rsatkich esa Muxabbat navida aniqlandi, bunda 12,4 % ni tashkil etdi. O‘zbekiston -601 navida esa 14,2 % bo‘ldi. Cheklangan namlik sharoitida esa maksimal ko‘rsatkich K-2727 navida aniqlandi, bunda 18,0% edi, minimal ko‘rsatkich esa O‘zbekiston -601 navida aniqlandi, bunda 15,6 % ni tashkil etdi. Muxabbat navida esa 17,1 % bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling