Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti va uslubi.
- Tadqiqot natijalari.
- Jadval G‘о‘zaning G.barbadense L. turiga mansub tizmalarining qimmatli xо‘jalik belgi kо‘rsatkichlarining tavsifi
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
151 tobora ortib bormoqda va navni joriy etish hissasi 30-50% ga baholanmoqda. Nav qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida zarur miqdordagi yuqori sifatli mahsulotni olishni ta’minlovchi muhim qismlardan biridir. Genetik rekombinasiyalar о‘simliklarning moslashuvchanlik genotipik о‘zgaruvchanligining asosiy manbai bо‘lib xizmat qilgani uchun, atrof-muhit omillariga evolyusion chidamlilikka ega bо‘lgan о‘simliklarning potensial hosildorligini oshirishga turli mintaqalarning tuproq va iqlim sharoitlarida seleksion-geografik va sinov tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim [3, 6]. Tadqiqot obyekti va uslubi. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida T-51 va T-52 ingichka tolali seleksion tizmalarning moslashuvchanlik imkoniyatlari qiyosiy о‘rganildi. Tajribalar Toshkent viloyatida 60x30-1, Sirdaryo viloyatida 90x30x1 ekish sxemasi bо‘yicha olib borildi. Tajriba uch qaytariqda о‘tkazildi. Olingan natijalar, belgilarning raqamli kо‘rsatkichlari, variasion-statistik tahlillar B.A. Dospexov [4] uslubi va gomeostatik kо‘rsatkichlari V.V. Xangildin [5] formulasi bо‘yicha hisoblandi. Tadqiqot natijalari. Jadvalda Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sharoitida g‘о‘zaning ingichka tolali tizmalarining qimmatli xо‘jalik belgi kо‘rsatkichlarining tavsifi keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, о‘rganilgan T-51 tizmadagi bitta kо‘sakdagi paxta vazni kо‘rsatkichlari о‘stirilgan sharoit orasida sezilarli farqlanish kuzatilmadi va 3,4-3,5 g ni tashkil etdi. Jadval G‘о‘zaning G.barbadense L. turiga mansub tizmalarining qimmatli xо‘jalik belgi kо‘rsatkichlarining tavsifi Qimmatli xо‘jalik belgilar Toshkent viloyati Surxandaryo viloyati T-51 T-52 T-51 T-52 Bitta kо‘sakdagi paxta vazni, g 3,4+0,03 3,7+0,07 3,5+0,03 3,3+0,03 О‘zgaruvchanlik chegarasi 2,7-4,4 2,5-4,9 2,6-4,2 2,8-4,4 Gomeostatik kо‘rsatkichi 32 22 34 36 Tola chiqimi, % 34,5+0,13 35,8+0,15 35,4+0,15 36,8+0,2 О‘zgaruvchanlik chegarasi 32,2-40,2 33,0-39,2 32,0-39,6 32,6-43,3 Gomeostatik kо‘rsatkichi 827 877 842 650 1000 dona chigit vazni, g 133+1,07 114+0,97 136+0,77 108+0,72 О‘zgaruvchanlik chegarasi 100-160,5 97-140 119-157 93,5-129 Gomeostatik kо‘rsatkichi 1461 1401 2419 1604 Tola indeksi,g 6,98+0,06 6,32+0,06 7,44+0,04 6,25+0,05 О‘zgaruvchanlik chegarasi 4,83-8,46 4,95-7,76 6,28-8,75 5,32-7,67 Gomeostatik kо‘rsatkichi 78 74 120 80 Tola uzunligi,mm 43,9+0,13 43,6+0,17 41,1+0,17 39,7+0,16 О‘zgaruvchanlik chegarasi 40,6-48,2 40,2-47,2 38,0-45,4 37,0-44,2 Gomeostatik kо‘rsatkichi 1298 1167 988 1015 T-52 tizmasida ushbu belgining о‘rtacha kо‘rsatkichi Toshkent viloyati sharoitida 3,7 g ni tashkil etdi va Surxondaryo viloyati sharoitida ushbu kо‘rsatkich Toshkent viloyati sharoiti kо‘rsatkichlarigi nasbatan 0,4 g gacha past bо‘lgani namoyon bо‘ldi. Ushbu belgining о‘zgaruvchanlik chegarasi о‘rganilgan tizma va yetishtirilgan sharoitga qarab sezilarli darajada farq qilmadi va 2,5-4,9 g ni tashkil etdi. Natijalariga kо‘ra, о‘rganilgan T-52 tizmasining tola chiqimi о‘rtacha 34,5-36,8% ni tashkil etdi. Tola chiqimining о‘zgaruvchanlik darajasi о‘rganilgan tizma va yetishtirilgan sharoitga qarab katta farqlanish kuzatilmadi va 32,0-43,3% ni tashkil etdi. Yetishtirilgan sharoitlaridan qat’iy nazar, 1000 dona chigit vazni kо‘rsatkichlari T-51 tizmasida 133-136g, T-52 108-114g ni tashkil etdi va Toshkent viloyati sharoitida ushbu kо‘rsatkich 6g gacha yuqori bо‘ldi. Ushbu belgining о‘zgaruvchanlik chegarasi T-51 da 100,0-165,7 g, T-52 da 93,5-140 g bо‘lgani kuzatildi. Tola indeksi yetishtirilgan sharoitiga va о‘rganilgan tizmalarga bog‘liq holda 6,25-7,44 g ni, Surxondaryo viloyati sharoitida T-51 tizmasida ushbu belgining eng yuqori kо‘rsatkichi namoyon bо‘ldi. Shunga о‘xshash natijalar ushbu belgining gomeostatik kо‘rsatkichlari bо‘yicha olindi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga kо‘ra, har ikkala tizmaning tola uzunligi eng yuqori о‘rtacha kо‘rsatkichlari Toshkent viloyati sharoitida olindi ( 43,6-43,9 mm), ushbu belgining о‘zgaruvchanlik chegarasi, yetishtirish sharoit va о‘rganilgan tizmalarga bog‘langan holda sezilarli darajada farqlanish kuzatilib, Toshkent viloyatida 40,2-48,2mm, va Surxondaryoda viloyatida 37,0-45,4 mm oralig‘ida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling