Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова.
- Keywords
Kalit soʻzlar: yumshoq bugʻdoy, seleksiya, tanlash, nav, tizma, hosildorlik.
Аннотация. В данной стате в конкурсном селекционном питомнике изучено 20 сортов и линий мyaгкой пшеницы, отбор проводилсya по длине колоса, количеству колоса, показателyaм продуктивности. Ключевые слова. мягкая пшеница, селекциya, отбор, сорт, образес, урожайност. Abstract. In this article, 20 varieties and lines of soft wheat were studied in a competitive breeding nursery, selection was carried out according to spike length, number of spikes, productivity indicators. Keywords: breed wheat, selection, select, variety, sample, line yield. Kirish. Markaziy Osiyoda xususan Oʻzbekistonda aholi soninig ortib borishi natijasida, non va non mahsulotlariga boʻlgan talab yildan-yilga ortib bormoqda, shu sababli yuqori hosildor va don sifati va nonbobligi yuqori boʻlgan bugʻdoy navlarini yaratish olimlarimiz oldida turgan ustivor vazifa hisoblanadi [2]. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra har bir kishi yil davomida o‘rtacha 133 kg g‘alla (bug‘doy) donini iste’mol qiladi. Bu raqam bizning respublikada 160-170 kg tashkil qiladi. Bu boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ko‘p. Ushbu iste’mol qilinayodgan bug‘doy doning sifati past bo‘lganligi sababli sifatli unni import qilinayodgani barchamizga sir emas. Shu sababli sug‘oriladigan maydonlarda еtishtirish uchun yuqori mahsuldor, tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli va eng muhimi, don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratish maqsadga mevofiq. Bu borada, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti sugʻoriladigan maydonlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish buyicha Qarshi boʻlimi dala tajriba maydonida yumshoq bugʻdoyning raqobatli navsinash koʻchatzori tashkil qilingan boʻlib, yangi navlarni yaratish uchun seleksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Tadqiqot obyekti sifatida yumshoq bugʻdoyning 20 ta konstant holatga kelgan tizmalari 30 m 2 maydonda sinovdan oʻtkazildi. Andoza nav sifatida sugʻoriladigan maydonlar uchun katta maydonga ekiladigan yumshoq bugʻdoyning Grom, Gʻozgʻon, navlari olindi. Hosildorlik bir xil boʻlganligi bilan uning strukturaviy tuzilishi har xil boʻlishi mumkin va maxsuldorlikni oshirishda tizmalarga qoʻyilayotgan talab oʻzgachadir. [1] Bugʻdoy seleksiyasida mahsuldorlikni belgilab tanlab olishda asosan 3 xil belgiga eʼtibor beriladi: yirik boshoqli va oʻrta boshoqli oʻsimlikka, mahsuldor tuplanishga, don yirikligiga. Bizning tadqiqotlarimizda har bir belgiga alohida etibor berildi. Bug‘doy o‘simligi bo‘y 3 guruhga; baland bo‘yli (100 sm dan baland), kalta bo‘yli (80-100 sm) va pakana bo‘yli (80 sm dan past) turlarga bo‘linadi. Nav va tizmalarning bo‘yi genetik hususiyatlariga kiradi. Yillik yog‘in miqdori va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Tajribadagi nav va tizmalar bo‘yi 77,3–107,0 sm oraliqda bo‘lganligi qayd qilindi. Andoza Grom navining bo‘yi 81,7 sm ni tashkil qildi. G‘ozg‘on navida o‘simliklar bo‘yi 106,7 sm ni tashkil qildi. Nav va tizmalardan nisbatan uzun bo‘yli va yotib qolishga chidamli tizmalar tanlab olindi va seleksiya ishlariga jalb qilindi. Nav va tizmalar orasida 10 ta tizma uzun bo‘yli ekanligi, 9 ta tizma o‘rta bo‘yli o‘simliklarga kirishi aniqlandi. Pakana bo‘yli tizmalar 1 ta ni tashkil qildi. O‘rganilgan nav va tizmalarda oxirgi bo‘g‘in uzunliklari 30,7–43,0 sm oraliqda bo‘lganligi kuzatildi. Andoza G‘ozg‘on navida oxirgi bo‘g‘in uzunligi 39,0 sm ni tashkil qildi, bu ko‘rsatkich Grom navida 36,0 sm ni tashkil qilganligi biometrik o‘lchov natijalariga ko‘ra aniqlandi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling