Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
-jadval ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha ko‘rsatkich 98,2 37,3 10,1 19,0 9 Eng yuqori ko‘rsatkich 107
1-jadval
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 154 Nav va tizmalarning biometrik o‘lchov natijalari (Qarshi, 2022 y). № Nav nomi O‘simlik bo‘yi, sm Oxirgi bo‘g‘in uzunligi, sm Boshoq uzunligi, sm Boshoqchalar soni, dona Yotib qolishga chidamliligi, ball 1 G‘ozg‘on (st) 106,7 39,0 8,7 15,0 9 2 KRBW18-10 85,7 32,7 9,0 20,0 9 3 Kr_Faw_165-57 95,0 37,3 9,7 18,3 9 4 KRBW19-042 111,0 43,0 11,0 19,0 9 5 Grom (st) 81,7 36,0 11,0 21,0 9 6 KRBW18-12 98,0 40,0 10,7 19,0 9 7 GCB-15/2017-8 103,7 32,7 9,7 16,7 9 8 KRBW19-044 97,0 38,0 10,7 19,7 9 9 KR19-22-IWWYT-9813 102,0 36,7 10,3 19,7 9 10 GCB-8/2017-2 101,7 39,7 10,0 19,0 9 11 AC-2008-D-6 84,0 32,7 9,7 19,0 9 12 AC-2006-S-27 102,7 37,0 10,3 21,3 9 13 KR19-22-IWWYT-9840 97,3 34,7 11,0 21,0 9 14 Kr_Ak_Sel-238 103,0 39,0 10,0 17,7 9 15 Kr_Faw_165-155 77,3 30,7 9,7 18,3 9 16 KRBW19-177 92,0 37,7 10,0 18,3 9 17 KR19-22-IWWYT-9815 103,3 41,7 10,7 20,0 9 18 Kr_Ak_Sel-239 107,0 41,7 10,7 21,7 9 19 Kr_Faw_165-165 102,0 39,0 9,7 18,3 9 20 KRBW19-210 92,7 37,0 9,0 17,7 9 O‘rtacha ko‘rsatkich 98,2 37,3 10,1 19,0 9 Eng yuqori ko‘rsatkich 107 43,0 11 21,3 9 Eng past ko‘rsatkich 77,3 30,7 8,7 15,0 9 EKF 0,05 7,16 EKF 0,05 (%) 7,29 CV (%) 4,1 Nav va tizmalar orasida oxirgi bo‘g‘in uzunligi KRBW19-042 tizmasida 43,0 sm ni, KR19-22- IWWYT-9815 tizmasi 41,7 sm ni, Kr_Ak_Sel-239 tizmasi 41,7 sm tashkil qildi va ushbu tizmalar seleksiya ishlarida foydalanish maqsadida tanlab olindi. O‘rganilgan nav va tizmalarning boshoq uzunligi o‘rtacha 10,1 sm ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich 8,7 sm ni, eng yuqori ko‘rsatkich 11,0 sm ni tashkil qildi. Boshoqchalar soni o‘rtacha 19,0 ta ni tashkil qilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich 15,0 tani, eng yuqori ko‘rsatkich 21,3 tani tashkil qilganligi biometrik o‘lchov ishlari natijasida aniqlandi. Tajriba dalasiga ekib o‘rganilayotgan nav va tizmalarning o‘simlik bo‘yi o‘rtacha va uzun poyali bo‘lishiga qaramasdan, yotib qolishga chidamli bo‘lib barcha tizmalar 9 ball bilan baholandi. O‘rganilgan 2022 yilgi yumshoq bug‘doyning don sifati yuqori tizmalarini sinash seleksiya ko‘chatzoridagi navlarning hosildorlik ko‘rsatkichi natijalari o‘rganildi va natijalar B.Dospexov metodikasi yordamida statistik tahlil qilindi. Bunda NSR 05 –2,696 ga farq qilganligi, NSR 05 % –4,23 ga foizda farq mavjudligi hamda Sv %–3,1 gateng ekanligi statistik tahlil natijalari asosida aniqlandi. O‘rganilgan nav va tizmalarning hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda 52,8–87,0 s/ga ni tashkil qilganligi aniqlandi. Andoza navlardan G‘ozg‘on navi 75,7 s/ga ni tashkil etdi. Grom navi hosildorligi 65,8 s/ga ni tashkil etdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, andoza navlar orasida eng yuqori hosildorlikni namoyon qilgan G‘ozg‘on navidan yuqori hosilli 6 ta tizmalar borligi aniqlangan bo‘lsa, qolgan nav va tizmalar hosildorligi past ko‘rsatkichni namoyon etdi. Eng yuqori hosildorlik KRBW19-210 tizmasida kuzatilib, 87,0 s/ga ni tashkil qildi, KRBW18- 10 tizmasida hosildorlik 79,3 s/gani tashkil qilgan. KR19-22-IWWYT-9840 tizmasida 77,9 s/ga hosil olingan. KRBW19-044 tizmasida 77,7 s/ga hosil olingan. Tajribaning 2022 yilida o‘rganilgan nav va tizmalarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilganimizda tajribadagi nav va tizmalarning 1000 ta don vazni 33,8-47,4 gr gacha bo‘lganligi, o‘rtacha ko‘rsatkichi 40,1 gr ni tashkil qilganligi kuzatildi. Olib borilgan tajribadagi andoza G‘ozg‘on navining 1000 dona don vazni 42,7 gr ni tashkil kildi. Andoza Grom navida 1000 dona don vazni 35,7 gr ni tashkil qilganligi kuzatildi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling