Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023  
152
bо‘lganligi kuzatildi. Tabiiyki, yuqori gomeostatik kо‘rsatkichlar Toshkent viloyati sharoitida olindi. 
Ushbu belgining namoyon bо‘lishiga о‘sish sharoiti katta ta’sir kо‘rsatgani aniqlandi. Shuni ham 
ta’kidlash kerakki, о‘rganilayotgan tizmalar tola uzunligi bо‘yicha katta imkoniyatlarga ega. 
S.A. Eberhart va W.A. Rassell [5] tomonidan ishlab chiqilgan usul moslashuvchanligini 
aniqlashda kо‘p ishlatiladi, ushbu usul nafaqat genotipning moslashuvchanligini, balki uning 
barqarorligini ham aniqlashga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, о‘rganilgan belgilarning 
aksariyati о‘rtacha kо‘rsatkichlari va о‘zgaruvchanligi chegaralari orasida har xil yetishtirilayotgan 
sharoitlarda sezirarli farqlanish namoyon bо‘lmadi. 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan 
gomeostatik kо‘rsatkichlar kо‘proq ma’lumotga ega ekanligini kо‘rish mumkin. Shunday qilib
Surxondaryo viloyati sharoitida tizmalar orasida bitta kо‘sakdagi paxta vazni gomeostatik 
kо‘rsatkichi farq qilmadi, Toshkent viloyati sharoitida esa T-51 tizmada yuqori kо‘rsatkichlar qayd 
etildi. Eng past tola chiqimi gomeostatik kо‘rsatkichi Surxondaryo viloyati sharoitida T-52 tizmasida 
kuzatildi. T-51 tizmani tola chiqimining gomeostatik kо‘rsatkichi, о‘sish sharoitga bog‘lanmagan 
holda, bir xil darajada 827-877 ni tashkil etdi. 1000 chigit vazni belgining gomeostatik kо‘rsatkichi, 
Toshkent viloyati sharoitida о‘rganilgan tizmalarda bir xil darajada bо‘lib, Surxondaryo viloyati 
sharoitida T-51 tizma eng yuqori kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgani qayd etildi. Shunga о‘xshash natijalar 
tola indeksi belgi bо‘yicha ham kuzatildi. Toshkent viloyati sharoitida olingan tola uzunligini 
gomeostatik kо‘rsatkichlari, Surxondaryo viloyati sharoitiga nisbatan biroz yuqori bо‘ldi. Tola 
uzunligining eng yuqori gomeostatik kо‘rsatkichlari T-51 tizmasida Toshkent viloyati sharoitida 
qayd etildi. 
Xulosa. Olingan tadqiqot natijalari asosida quyidagicha xulosa qilish mumkink, о‘rganilgan T-
51 va T-52 tizmalari yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga egaligi va Surxondaryo viloyati sharoitida 
о‘z kо‘rsatkichlarini saqlab qoldi. T-51 tizmaning bitta kо‘sakdagi paxta vazni kо‘rsatkichlari 
yetishtirish sharoitga bog‘langan holda katta farqlanish kuzatilmadi va T-52 tizmada Surxondaryo 
viloyati sharoitida ushbu belgining о‘rtacha kо‘rsatkichlari bir muncha pastroq bо‘ldi. Ushbu belgi 
T-51 tizmada yetishtirish sharoitiga bog‘langan holda eng barqaror bо‘ldi. Tola chiqimi 
kо‘rsatkichning о‘zgaruvchanlik darajasi о‘rganilayotgan tizma va yetishtirish sharoitlarga qarab 
deyarli farq qilmadi. T-51 tizmaning aksariyat qimmatli xо‘jalik belgilarning gomeostatik 
kо‘rsatkichlari bir muncha yuqori bо‘ldi. Bu esa T-51 tizmaning moslashuvchanlik qobiliyati T-52 
tizmaga nisbatan yuqori bо‘lganligini namoyon etadi. Gomeostatik kо‘rsatkichi seleksiya 
ashyolarining moslashuvchanligini aniqlashda eng muhim ma’lumot ekanligi qayd etildi. Amaliy 
seleksiya uchun T-51 va T-52 ingichka tolali g‘о‘za tizmalardan foydalanish tavsiya etiladi. 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling