___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
14
4-rasm. O’simlikldagi ilk gullar va dukkaklar
6- iyun kuni ham begona o’tlardan tozalandi va sug’orildi. O’simlikning bo’yi eng kichigi 16-
23 sm atrofida eng kattasi 31- 34 sm atrofida o’sgan.Barglari uzunligi bo’yi 2,5- 3 sm, eni1- 1,5 sm
atrofida o’sgan. Dukkaklari uzunligi 9- 11 smni tashkil etgan (5- rasm)
5-rasm. O’simlikning umumiy hamda dukkaklari uzunligi
Iyun oxiri avgust boshlarida o’simlikda hosil
shakllanib, urug’ yetila boshlandi va terib olindi.
Urug’lar dala sharoitiga ekilganda 4 ta variantda ekildi. Shundan bittasiga torf solib ekildi. Torf
solib ekilgan variantdagi o’simliklar boshqasiga nisbatan tezroq o’sdi va o’simlikning bo’yi ham uzun
bo’ldi. Shu sababli ham o’simlikni
ekishdan oldin yerga torf, gumus kabi organik o’g’itlar
solib
ekilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek adabiyot manbalariga ko’ra o’simlikni
ekishdan
oldin urug’ga nitragin, kobalt bilan ishlov bersa urug’ tarkibida ko’proq steroid glikozidlar to’planadi
hamda hosildorlik ham yaxshi bo’ladi.
Tajriba maydonida o’simlik ekilgan joy har 15- 20 kunda, 3-4 marta begona o’tlardan tozalandi.
O’simlikning bo’yi past, urug’lari mayda bo’ldi. Shu sababdan o’simlik ekilgan maydonni begona
o’tlardan 5- 10- kunda tozalab turish yaxshi foyda beradi.
O’simlikni o’stirishda hech qanday mineral o’g’itlardan foydalanilmadi. Ekilgan o’simliklar
bo’yi 35- 40 smgacha o’sdi. O’g’itlardan foydalanilmaganligi sababli o’simlikning bo’yi past,
urug’lari mayda bo’ldi. O’simlik yaxshi o’sib rivojlanishi uchun organik ham mineral o’g’itlardan
foydalanish lozim. Shuningdek o’simlik 3- 4 marta sug’orilganda mahsuldorlik kam bo’ldi, shuning
uchun sug’orishni 6- 8 martagacha oshirish yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: