Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
Abstraсt. This article provides information on the cultivation technology of shambala-
Trigonella foenum-graecum L. plant, seed germination and growth of the plant in field conditions, and the applied agrotechnical measures. Key words: shambala, trigonella foenum-graecum L., seed fertility, field conditions, agrotechnical measures, cultivation technology. Burchoqdoshlar oilasi o’simliklari orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shambala (fenugrek) o'simligi ham burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o'simlik hisoblanadi (1- rasm). Shambaladan (fenugrek) foydalanish haqida dastlabki manbalar miloddan avvalgi 3-asrga oid Misr papiruslarida topilgan. 4-asrda fenugreek urug'lari Xitoyda juda keng qo'llanilgan, u yerdan o'simlik Hindiston, Arabiston va Fors orqali Misrga kelgan. Madaniy yem-xashak o'simligi sifatida fenugreek 9-asr boshlarida Markaziy Yevropada paydo bo'lgan. Rossiyada shambala yetishtirishga oid urinishlar 20-asrning o'rtalarida boshlangan. Shambalaning dastlabki tadqiqot ekinlari 1850-yillarning oxirlarida Bessarabiya viloyatida (hozirgi Moldova) amalga oshirilgan. Tajriba natijalari ijobiy bo‘lib, uni qimmatli ozuqa va dorivor ekin sifatida yetishtirish tavsiya etilgan. 19-asr oxiridan chor Rossiyasining koʻpgina viloyatlarida o’simlik oʻrganila boshlandi. Shambalani o'rganish bo'yicha ko'p ishlarni Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari va Butunittifoq dorivor o'simliklar ilmiy tadqiqot instituti xodimlari olib bordilar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'sish sharoitlariga yuqori moslashuvchanligi va oddiyligi tufayli bu ekin Rossiyaning ko'plab mintaqalarida 30 t / ga gacha yashil massa va 2300 kg / ga gacha bo'lgan qimmatli ozuqa o'simlik sifatida muvaffaqiyatli yetishtirilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling