Хоразм маъмун академияси ахборотномаси


-rasm. Shambala o’simligining yer ustki qismi va urug’i


Download 7.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/319
Sana03.08.2023
Hajmi7.27 Mb.
#1664959
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   319
Bog'liq
2023-6-1 merged

 
2-rasm. Shambala o’simligining yer ustki qismi va urug’i 
Shambalaning kelib chiqish markazi Janubiy Yevropa, O'rta Yer dengizi mintaqasi va G'arbiy 
Osiyodir. Hindistonda ham mahalliy ekin bo'lishi kerak. Kashmir, Panjob va yuqori Gang 
tekisliklarida yovvoyi holda o'sadigan shambala topilgan. Trigonella turkumi 50 turdan iborat, 
ularning aksariyati Eron Hindiston hududida kelib chiqqan. Fenugreek yetishtiruvchi asosiy davlatlar 
Hindiston, Argentina, Misr, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Marokash, Xitoy va Afg'oniston. Hindiston 
dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Hindistonda Rajastan, Gujarat, Uttranchal, Uttar-
Pradesh, Madxya-Pradesh, Maxarashtra, Haryana va Panjob yirik fenugrek yetishtiruvchi hududlar 
hisoblanadi.
1-rasm. Umumiy ko’rinishi
 


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 
13
O’zbekistonda Trigonella turkumining 15 turi ma’lum. Ushbu o’simlik Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlarida kam miqdorda uchraydi. Dorivor o’simlik xo’jaliklarida ekib o’stiriladi 
[4]. Shambala o’simligi O’zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan o’simlik hisoblanadi. Shambala 
o’simligi O‘zbekistonda plantatsiyada yetishtirilmagan. Shambala Trigonella foenum-graecum L.- 
(Пажитник сенный) o‘simligining urug'idan hamda yer ustki qismidan chet elda farmatsevtika 
sanoatida foydalaniladi. Bu o'simlikning plantatsiyasini tashkil etish orqali Respublika farmatsevtika 
sanoatining xom-ashyoga bo‘lgan talabini ma’lum miqdorda qondirish mumkin bo'ladi. Bu o’simlik 
jahonga ziravor eksport qiladigan davlatlar eksportida katta o’rinni egallaydi, mahsulotiga bo’lgan 
talab jahon bozorida ham katta hisoblanadi. Shu sababli ham bu o’simlikni O’zbekiston sharoitida 
yetishtirish va plantatsiyasini yaratish muhim iqtisodiy ahamiyatga ham egadir.
Shambala o’simligini dala sharotida yetishtirish texnologiyasini hamda urug’ unuvchanligini 
o’rganish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar 
universitetiga qarashli “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi ” DUK da 
tajribalar amalga oshirildi. Markazning iqlimi keskin kontinental. Tuprog‘i tipik bo‘z va ikkilamchi 
qayta tuproq hisoblanadi. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq.
Shambala o‘simligi dastlab labarotoriya sharoitida urug’ unuvchanligi Petri idishida ekib 
o’stirildi. Petri idishida urug’ unuvchanligi 100 dona urug’dan 98 ta unib chiqdi. Bu o’simlikning 
urug’ unuvchanligi yaxshi ekanligini ko’rsatdi. Shambala o‘simligini ekish uchun yer tayyorlab 
olindi. Ushbu malumotlar asosida o’simlik urug’lari dala sharoitida 2022– yilning 19-aprel kunida 23 
C⁰ da tajriba dalasiga 4 ta variantda ekildi.
3- ta variantda qator orasi 50 sm, har bir urug’ orasi 20 sm, chuqurligi 2-3 sm qator soni 2 tadan 
urug’lar ekildi. Egatlar uzunligi 366 sm, har bitta qatorga 2 tadan 18 ta joyga 36 ta urug’, har bitta 
variantda 2 tadan qator qilib, 72 tadan urug’ ekildi. 4- variantda esa urug’lar sepib ekildi (1-jadval, 3- 
rasm). 

Download 7.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling