Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
-rasm. Shambala o’simligining yer ustki qismi va urug’i
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Umumiy ko’rinishi XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________
2-rasm. Shambala o’simligining yer ustki qismi va urug’i Shambalaning kelib chiqish markazi Janubiy Yevropa, O'rta Yer dengizi mintaqasi va G'arbiy Osiyodir. Hindistonda ham mahalliy ekin bo'lishi kerak. Kashmir, Panjob va yuqori Gang tekisliklarida yovvoyi holda o'sadigan shambala topilgan. Trigonella turkumi 50 turdan iborat, ularning aksariyati Eron Hindiston hududida kelib chiqqan. Fenugreek yetishtiruvchi asosiy davlatlar Hindiston, Argentina, Misr, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Marokash, Xitoy va Afg'oniston. Hindiston dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Hindistonda Rajastan, Gujarat, Uttranchal, Uttar- Pradesh, Madxya-Pradesh, Maxarashtra, Haryana va Panjob yirik fenugrek yetishtiruvchi hududlar hisoblanadi. 1-rasm. Umumiy ko’rinishi XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 13 O’zbekistonda Trigonella turkumining 15 turi ma’lum. Ushbu o’simlik Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kam miqdorda uchraydi. Dorivor o’simlik xo’jaliklarida ekib o’stiriladi [4]. Shambala o’simligi O’zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan o’simlik hisoblanadi. Shambala o’simligi O‘zbekistonda plantatsiyada yetishtirilmagan. Shambala Trigonella foenum-graecum L.- (Пажитник сенный) o‘simligining urug'idan hamda yer ustki qismidan chet elda farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. Bu o'simlikning plantatsiyasini tashkil etish orqali Respublika farmatsevtika sanoatining xom-ashyoga bo‘lgan talabini ma’lum miqdorda qondirish mumkin bo'ladi. Bu o’simlik jahonga ziravor eksport qiladigan davlatlar eksportida katta o’rinni egallaydi, mahsulotiga bo’lgan talab jahon bozorida ham katta hisoblanadi. Shu sababli ham bu o’simlikni O’zbekiston sharoitida yetishtirish va plantatsiyasini yaratish muhim iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Shambala o’simligini dala sharotida yetishtirish texnologiyasini hamda urug’ unuvchanligini o’rganish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universitetiga qarashli “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi ” DUK da tajribalar amalga oshirildi. Markazning iqlimi keskin kontinental. Tuprog‘i tipik bo‘z va ikkilamchi qayta tuproq hisoblanadi. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Shambala o‘simligi dastlab labarotoriya sharoitida urug’ unuvchanligi Petri idishida ekib o’stirildi. Petri idishida urug’ unuvchanligi 100 dona urug’dan 98 ta unib chiqdi. Bu o’simlikning urug’ unuvchanligi yaxshi ekanligini ko’rsatdi. Shambala o‘simligini ekish uchun yer tayyorlab olindi. Ushbu malumotlar asosida o’simlik urug’lari dala sharoitida 2022– yilning 19-aprel kunida 23 C⁰ da tajriba dalasiga 4 ta variantda ekildi. 3- ta variantda qator orasi 50 sm, har bir urug’ orasi 20 sm, chuqurligi 2-3 sm qator soni 2 tadan urug’lar ekildi. Egatlar uzunligi 366 sm, har bitta qatorga 2 tadan 18 ta joyga 36 ta urug’, har bitta variantda 2 tadan qator qilib, 72 tadan urug’ ekildi. 4- variantda esa urug’lar sepib ekildi (1-jadval, 3- rasm). Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling