Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 38
a)
b) 1-rasm: a-Oqsil almashinuvi buzilishi natijasida terini qorayishi va ichki orginlar distrofiyasi. b- Oqsil almashinuvi buzilishi natijasida jigar sohasida ortiqcha yog‘ning to‘planishi. “Aminjon Faruxbek” xo‘jaligidan namuna uchun olingan baliqlardan 56% baliqlarning o‘sishdan qolishi, tana vazni o‘rtacha 0,8kg dan kam ekanligi, 7% baliqlarda ichki a’zolarining distrofiyaga uchrashi hamda oshqazon devorini qalinlashib ketganligi aniqlandi. Demak, 63% baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishining klinik belgilari aniqlangan. “Narpay Quvonchbek” baliqchilik xo‘jaligidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 46,6% baliqlarning o‘sishdan qolishi, ishtahaning pasayishi, tana vaznining yoshiga nisbatan kamligi (o‘rtacha 0,8-1,2kg gacha) hamda ichki organlarning distrofiyaga uchraganligi aniqlandi. “Autsayder Fish” xo‘jaligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan malumotlarga ko‘ra 26% baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishiga oid klinik va patomorfologik belgilar aniqlandi. Baliqlar orasida oqsillar almashinuvi buzilishlari ozuqaning tarkibida vitamin va oqsillarning yetishmasligi natijasida vujudga keladi. “Aminjon Faruxbek” xo‘jaligida ozuqa sifatida bug‘doy va bug‘doy kepagidan foydalanilganligi sababli o‘rtacha 63% baliqlarda oqsil almashinuvi buzilishlarining mavjudligi, “Narpay Quvonchbek” baliqchilik xo‘jaligida esa ushbu ko‘rsatkich ___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023 38 46,6% ekanligi va “Autsayder Fish” xo‘jaligida esa ozuqa sifatida turli omuxta yemlardan foydalanilganligi sababli o‘rtacha 26% baliqlarda kasallikning klinik belgilari mavjudligi aniqlandi. Xulosa: Baliqlarda oqsillar almashinuvining buzilishi oqibatida o‘sish va rivojlanishdan orta qolish, ishtaxaning yo‘qolishi, koxeksiya, ko‘z shox pardasining xiralashuvi, ko‘z sohasiga qon qo‘yilishlar, teri rangini qorayishi, tangachalar yaltiroqlilik darajasini kamayishi, tashqi tasirlarga befarqlikni paydo bo‘lishi, kasallangan baliqlar kam harakat qilishi va bir joyda uzoq vaqt davomida to‘p-to‘p bo‘lib turib qolishi hamda organizimda boshqa vitaminlar, yog‘lar mineral moddalar almashinuvi ham izdan chiqishi oqibatida suyaklanish jarayonining buzilishi, jabra qopqoqlarining yemirilishi va suzgichlarining sinuvchanligi kabi klinik belgilar bilan xarakterlandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki intensiv usulda o‘stirilayotgan 23% baliqlarda oqsillar almashinuvi buzilishlari ularning o‘sishdan qolishi, tana vaznining o‘rtacha 1kg dan kam bo‘lishi, 16% baliqlarda esa jigar to‘qimasida va ichki a’zolarida ortiqcha yog‘ning to‘planishi, oshqozon devorining qalinlashib ketishi hamda ichki organlarning distrofiyaga uchraganligi bilan xarakterlandi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling