Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Olingan natijalar va ularning tahlili
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 37
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on
tumanidagi “Aminjon Faruxbek” (1- xo‘jalik), Narpay tumanidagi “Narpay Quvonchbek” (2- xo‘jalik) Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga qarashli “Autsayder Fish” (3- xo‘jalik) baliqchilik fermer xo‘jaliklarida o‘tkazildi. Kuzatishlar bir xil yoshdagi (1 yillik) karp baliqlarida amalga oshirildi. Xo‘jalikdagi baliqlarning saqlash va oziqlantirish sharoitlari o‘rganildi.Tajribadagi baliqlar tana vazni va ularda patologoanatomik o‘zgarishlar aniqlandi. Baliqchilik xo‘jaliklarida asosan karp baliqlariga arpa, bug‘doy, bug‘doy kepagi va turli xil omuxta yemlar beriladi. Xo‘jalikda mavjud bo‘lgan ozuqalar ko‘zdan kechirilganda mog‘orlagan va eskirgan ozuqalarning mavjud ekanligi aniqlandi. Namuna uchun har bir xo‘jalikdan 30 boshdan baliqlar olindi va ularning tana vazni o‘lchab ko‘rilganda 1- xo‘jalikning baliqlaridan, 6 ta baliqning tana vazni o‘rtacha 1kg dan ziyod, 7 ta baliqning tana vazni 0,9kg gacha, 10ta baliqda 0,7 kg gacha va 7 ta baliqning tana vazni 0,5kg dan kam ekanligi aniqlandi. E’tiborli jihati shundan iboratki, baliqlar bir-xil yoshda bir-xil sharoitda boqilgan bo‘lsada ularning tana vazni turlicha ekanligi aniqlandi. 2-xo‘jalikda o‘stirilayotgan baliqlarni tana vazni o‘lchab ko‘rilganda 4 donasi o‘rtacha 1kg dan yuqori, 12 donasi 0,8 kg gacha, 14 donasi esa o‘rtacha 0,6 kg gacha ekanligi aniqlandi. 3- XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 37 xo‘jalikda olib borilgan tekshirishlar natijasida 30 bosh baliqdan 8 ta baliqning tana vazni o‘rtacha 1kg gacha, 14 ta baliqning tana vazni 0,8 kg gacha va 8 ta baliqning tana vazni esa 0,6 kg gacha ekanligi aniqlandi. Tatqiqotlar davomida baliqlarda oqsillar almashinuvining buzilishining klinik belgilari namoyon bo‘lganligi aniqlandi: bular tekshirilgan baliqlarning bir-xil yoshda bir-xil sharoitda o‘stirilishiga qaramay tana xajmining xar-xilligi, trik vaznining keskin farq qilishi, rivojlanishdan orta qolgan baliqlarni harakatchanligining sustligi, ishtahasining pastligi kabi klinik belgilar hisoblanadi. Klinik tekshirishlar natijasida ko‘z shox pardasining xiralashuvi, ko‘z to‘qimasida qon qo‘yilish, ekzoftalmiya, jabra qanotlarining shaklsizlanishi, teri pigmentining yo‘qolishi va teri qatlamining o‘zgarishi va tangachalarnng yaltiroqliligini kamayishi kabi o‘zgarishlar aniqlandi. Karp baliqlarining sifatsiz va balanslashmagan ozuqalar bilan oziqlantirilishi natijasida baliqlar orasida oqsil moddasining baliq organizmiga yetishmasligi natijasida (disproteinemiya) paydo bo‘ladigan klinik belgilarning mavjudligi aniqlandi. Patologoanatomik tekshirishlar natijasida uchala xo‘jalikda parvarish qilinayotgan karp baliqlarida oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida jigarda yog‘ning to‘planishi, ichki a’zolarning distrofiyaga uchrashi, yog‘ almashinuvining izdan chiqishi va ko‘p miqdorda yog‘ to‘planib qolishi, hamda oshqozon devorining qalinlashib hajmining kattalashganligi aniqlandi. Oqsillar almashinuvi buzilishlari intensiv usulda boqilayotdan baliqlar orasida keng tarqalgan. Baliqlarda oqsillar almashinuvining buzilishi asosan noto‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa tarkibida oqsilning kamligi yoki me’yoridan ortiqligi oqibatida kelib chiqadi. Ozuqa tarkibida vitaminlarni yetishmasligi ham oqsillarning sentizlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [1]. Bizning ilmiy tadqiqotlarimizda baliqlar qonidagi retinol miqdori o‘rtacha 1- xo‘jalikda o‘stirilayotgan baliqlar qonida 39,3±0,8 mmol, 2- xo‘jalikdagi baliqlar qonida 37,5±0,5 mmol 3- xo‘jalikdagi baliqlar qonida esa 40,8±0,6 mmol ni tashkil (me`yor 46-52 mmol) etdi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling